olayotgan edi. Lekin men o'zim xavotir
oladigan hech qanday sabab ko'rmas edim.
Axir men IShQ bag'riga sho'ng'imoq uchun
sayohatga chiqqan edim. Qanday yomon narsa
sodir bo'lishi mumkin? Axir IShQ (yo'li)ning
o'ninchi qoidasiga ko'ra: «Sharq, G'arb, Janub
va Shimol orasida farq yo'q. Qanday maqsadni
ko'zlashning ham axamiyati yo'q, asosiysi
sayohat
tashqariga emas, ichkariga yo'nalgan
bo'lishidir. Shunda butun olamni bila olasan».
Meni qiyinchiliklar kutib turganini bilardim,
albatta, lekin ularga maxsus e'tibor qaratmas
edim. Nihoyat, taqdir meni Konyaga olib
borayotganidan xursand edim. Men so'fiy edim
va atirgulni tikoni bilan,
hayotdagi
qiyinchiliklarni undagi quvonchlar bilan birga
qabul qilishga odatlangan edim. Bu esa «Ona
o'z bolasini dunyoga og'riqsiz keltira
olmasligini, o'z joni og'rimasidan farzandiga
hayot baxsh eta olmasligini biladi. Insonda
boshqacha «MEN»ning tug'ilishi
uchun ham
xuddi shunday mashaqqatlar zarur. Loy ham
so-pol idishga aylanishi uchun olovda kuyishi
kerak. Ishq mukammal bo'lishi uchun og'riq,
azoblarni boshdan kechirish kerak», degan
yana bir qoidadan kelib chiqadi.
Darvishlar takyasidan jo'nab ketishimdan
oldingi kun kechqurun, tun qorong'usidan xush
havolar va ovozlar kirib kelsin deya
xonamning derazalarini ochib qo'ydim.
Lipillab yonayotgan sham yog'dusida uzun
sochlarimni kesdim. Keyin soqol-mo'ylovimni
oldim va qoshlarimni ham qirdim. Shularni
qilib bo'lgach, oynaga qaradim va qiyofam
ancha yorishganini va yosharganini ko'rdim.
- Oldingizda turgan
safar seni allaqachon
o'zgartirib yuboripti, - dedi ustoz men huzuriga
xayrlashgani kirganimda. - Vaholanki, safar
hali boshlangani ham yo'q.
- Ha, to'g'ri, - dedim men sekingina. - Bu
mening Qirq qoidamdan biri: «Ishq izlash
insonni o'zgartiradi. Bu yo'lda kishi balog'atga
yetmay qolmaydi. Ishq izlashni boshlagan
ondanoq u ichkaridan ham,
tashqari- dan ham
o'zgara boshlaydi».
Bobo Zamon bilinar-bilinmas jilmayib qo'ydi-
da, baxmal qoplangan qutichani olib menga
uzatdi.
Uning ichida kumush gardishli ko'zgu, ipak
dastro'mol va mushki anbar solingan shisha
idish bor edi.
- Safarda bu narsalar sen ga yordam beradi.
o'rni kelganida ulardan foydalanasan. Agar
qat'iyatingni yo'qotib qo'ysang, oynaga qara, u
senga qat'iyatni qaytaradi. Agar tashqi
qiyofangga zarar etsa, dastro'molning foydasi
tegadi: u senga qalbing sofligini eslatadi.
Mushk
anbarga kelganda, u sening ham ichki,
ham tashqi jarohatlaringni shifolaydi.
Men bu uchala narsani mehr bilan silab
qo'ydim, qutini yopdim va Bobo Zamonga
tashakkur aytdim. Boshqa gaplashadigan gap
qolmagan edi.
Quyoshning birinchi
nurlari yetib kelishi
bilanoq qushlar sayray boshlagan va daraxt
navdalaridagi shudring donachalari osilib
qolgan mahal men otni egarladim va meni
nima kutayotganidan bexabar, ammo
Rabbim
taqdim etgan taqdirimga ishongan holda,
Konya sari yo'l oldim.
Ella
Dostları ilə paylaş: