1247 yil, may, Konya.
Ishqday nozik mavzu ustida gap ketganda
e'tiroz bildirish juda qiyin. Bu xuddi shamolni
to’xtatishga urinishday ish. Garchi shamol
vayrongarchilik olib kelishini bilib tursang
hamki, to'xtatolmaysan. Shuning uchun
Kimyoni ko'p ham savolga tutmadim, lekin
buni Kimyo meni ishontirgani uchun emas,
balki uning ko'zlarida ishq borligi uchun
qildim. So'rab-surishtirishdan ne foyda?
Kuchim etmaydigan boshqa hodisalarni ham
qabul qilgan kabi bu to'yni ham qabul qilishga
to'g'ri keldi.
Ramazon oyi tayyorgarlik ishlari bilan tez o'tib
ketdi. Bo'ladigan to'y oqibatlari haqida
o'ylashga bir daqiqa ham bo'sh vaqt bo'lmadi.
Iyd bayrami yakshanbaga to'g'ri keldi, to'rt
kundan keyin esa Kimyoni Shamsga uzatdik.
Kecha nikoh arafasida mening kayfiyatimni
butkul o'zgartiradigan bir hodisa bo'ldi.
Oshxonada mehmonlarga non yopish uchun
xamir qorayotgan edim. O'zimdan o'zim
xamirdan kichik zuvala uzib olib, shakl yasay
boshladim. Bibi Maryamning, Iloh Onasining
shakli hosil bo'ldi. Pichoqda uzun ko'ylak
qirqdim va yuziga sokinlik, mehribonlik
ifodasini berdim. Bu mashg'ulotga qattiq
berilib ketganimdan, orqada kimdir kelib,
qarab turganini sezmabman.
- Nima qilayapsan, Kira?
Yuragim qinidan chiqib ketay dedi. O'girilib,
eshik oldida meni qiziqsinib kuzatayotgan
Shamsni ko'rdim. Eng oldin qo'limdagi shaklni
berkitmoqchi bo'ldim, lekin juda kech bo'lgan
edi. Shams yaqinroq keldi va men yasagan
narsaga qaradi.
- Bu Bibi Maryammi? - so'radi u, men javob
bergach, o'zining nurlanib turgan yuzini menga
burdi. 1 U zal chiqipti. Sen uni qo'msab
turasanmi?
- Men musulmonlikni qabul qilganimga ko'p
bo'l- gan. Va men musulmonman, - dedim
shasht bilan.
Lekin Shame xuddi meni eshitmaganday
gapida da- vom etdi:
- Islomda Maryam kabi ayollar nima uchun
yo'q, deb o'ylasang kerak? Albatta, Bibi Oysha,
Bibi Fotimalar borliklarini bilasan, lekin ular
sening nazdingda sen o'ylaganday o'rinda
emas, boshqacharoq.
Men o'zimni noqulay his etardim va nima
deyishni ham bilmasdim.
- Ruxsat etsang, bir rivoyat aytaman.
Turli shaharlardan kelib qolgan to'rt kishi
- turk, arab, fors va yunon ittifoqo bozor
yonida- gi chorrahada uchrashib qoladilar. Bir
oliyjanob kishi ularga bir dirham sadaqa qilib
o'tib keta- di. Dirham o'rtada, chunki unda har
birining haqqi bor. Bu pulga biror egulik sotib
olmoqchi bo'ladi- lar. Shunda fors - angur, turk
- uzum, yunon - istafil, arab - eynab
emoqchiligini aytadi. Orada janjal ko'tariladi.
To'rtalalari ham ayni bir narsa - uz- umni
xohlayotgan bo'lsalar-da, bir-birining tilini
tushunmaganlari uchun yoqa bo'g'ishib
ketadilar. Shu ora¬da tasodifan yonlaridan
so'fiy o'tib qolipti. So'fiy ularning pullariga
uzum sotib olipti. Keyin uni idishga solib ezipti
va ularga uzumning faqat sharba- tini ichishni,
qolgan narsalarni esa chiqarib tashlash- ni
tavsiya etipti. Bu bilan u asosiysi mevaning
tashqi shakli emas, ta'mi ekanini uqtiripti.
Rivoyat bugungi kun uchun ham aktual. To'rt
kishi tushunmay turgan bitta so'zni,
to'rttovining tilini tushunadigan boshqa bir
inson oralaridagi nizoni hal qiladi. Bugungi
hayotda ham odamlar (millatlar, turli din
vakillari) bir-birlarini tushunmoqlari uchun
faqatgina zohiran til bilmak etarli emas, bal¬ki
botin tilini ham bilmak, anglamak kerak.
Ayniqsa, bugungi globallashuv va global
krizislar davrida bu juda zarur).
- Xristianlar, yahudiylar, musulmonlar odatda
mevaning tashqi shakli borasida bahs
yuritadilar, so'fiy uchun esa mohiyat muhim, -
dedi Shame quvnoq tabassum bilan.
- Men... men buni to'g'ri deb o'ylamayman, -
dedim tutilib.
- Nima uchun? Dinlar misoli daryolar.
Hammasi bir ummonga qarab oqadi. Xudo
Onasi insonlarga yupanch, hamdardlik,
beminnat muhabbat baxsh etadi. U
hammamizga va har birimizga tegishli.
Musulmon bo'lgach, sen baribir uni yaxshi
ko'rishda davom etishing mumkin va hatto
qizingni Maryam deb atashing mumkin.
- Mening qizim yo'q.
- Bo'ladi.
- Qayoqdan bilasiz?
- Bilamanda.
Buni eshitgach, hayajonim kuchaydi, lekin
keyin ha-yajon o'rniga sokin xotirjamlik keldi.
Sokinlik va allaqanday uyg'unlik hislari
ta'sirida birgalikda Bibi Maryam shakliga
qarab turdik. Yuragimdagi muz eridi, Shams
uyimizga kelganidan buyon birinchi marta men
unda Rumiy hamisha ko'radigan insonni - katta
qalbli insonni ko'rdim.
Shunga qaramay, uning Kimyoga yaxshi er
bo'lishiga shubham tarqalmadi.
Ella
Dostları ilə paylaş: |