Tarmoqlarini



Yüklə 114,46 Kb.
səhifə2/10
tarix10.06.2023
ölçüsü114,46 Kb.
#128083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uzbekiston dexkon va fermer xujaliklarini takomillashtirish yo\'nalishlari

M U N D A R I J A betlar




KIRISH............................................................................................................................................


I BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINI MODERNIZATSIYALASHNING IJTIMOIY – IQTISODIY AHAMIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI





    1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning

ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati



    1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning o’ziga xos xususiyatlari



  1. BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINI HOZIRGI HOLATI HAMDA IQTISODIY SAMARADORLIGINING TAXLILI


    1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini hozirgi holatining taxlili




    1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning

iqtisodiy samaradorligining tahlili


XULOSA . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . …..... .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . . . …. .. .


KIRISH


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida hozirgi kunda qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalash va tarmoqni yanada rivojlantirish yo’nalishlariga yangicha qarashlarning shakllanishi namoyon bo’lmoqda, bu albatta tarmoqni yanada barqarorlashuvini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishni ko’payishiga, resurslardan unumli foydalanishga, yangi ish o’rinlarining paydo bo’lishiga olib keladi va pirovardida qishloq xo’jaligini rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasto’rning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida, “Biz bugun 2013 yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o’tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi”1, deb ta’kidladilar.
Ma’lumki, qishloq xo’jalik korxonalarini rivojlanib borishi bilan birga, ularning soni va ishlab chiqarishdagi salmog’i ortib bormoqda, albatta bunday mexanizmlarni joriy etilishi yoki qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash jarayoni sifat jihatidan yangi mahsulot olish uchun texnik yoki texnologiyalarni bevosita ishlab chiqarishda foydalanish, uning alohida tarkibiy qismlariga aylantirish




      1. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. /Xalq so’zi. 2014 yil 18-yanvar 4

bo’yicha izchil harakatlar yig’indisi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishga bunday kompleks yondashish tashkil qilinmaganligi bois sohada modernizatsiyalash loyihalar bilan ishlash keng miqyosda joriy etilmagan. Bunga asosan qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari modernizatsiyalash jarayonga ko’rsatadigan ta’sir, modernizatsiyalashga jalb qilishning asosiy yo’nalishlari va ularni amalga oshirish stsenariylari, modernizatsiyalashni oshirish yo’llari, modernizatsiyalash faoliyatni, jarayonni, salohiyatni, tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar etishmasligi sabab bo’lmoqda. Bunda shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlari fermer xo’jaliklar tomonidan etishtirilayotgan sharoitda fan-texnika yutuqlariga asoslangan modernizatsiyalash loyihalarning shakllanishi hamda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va shundan kelib chiqib, agrar siyosatni takomillashtirish muammolari etarlicha o’rganilmaganligining ham ta’siri bor.
Shuning uchun ham sanab o’tilgan muammolarning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va ular bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish mamlakat qishloq xo’jaligining bugungi va ertangi kunining dolzarb masalasi bo’lmoqda.
Shu munosabat bilan qishloq xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash munosabatlarini taxlil etish va tegishli xulosalar ishlab chiqish lozim.

Yüklə 114,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin