Tarmoqlarini


Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 114,46 Kb.
səhifə4/10
tarix10.06.2023
ölçüsü114,46 Kb.
#128083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uzbekiston dexkon va fermer xujaliklarini takomillashtirish yo\'nalishlari

Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati


XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshlarida iqtisodiy nazariya tadbirkor, firma va davlatni modernizatsiyalash jarayonining alohida unsurlari sifatida ta’riflashdan ularga murakkab tizimning o’zaro bog’liq bo’g’inlari sifatida qarashgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi. Ayni paytda bu tizim modernizatsiyalashlarning asosiy manbasi sifatida fan, universitetlar va ilmiy markazlar bilan cheklangan yopiq tizim emas, balki milliy davlatlar doirasida, xo’jalik korxonalari tarmoqlarida va yirik korporatsiyalar hamda kichik kompaniyalarda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarga uyg’unlashgan tizim ekanligi chuqur anglab etildi.


O’tgan asrning 80-yillarida fan-texnika o’zgarishlar sur’atlarining o’sishi, ilmiy echimlarga asoslangan ishlab chiqarish va xizmatlarning jadal rivojlanishi rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning jadallashuviga yangi turtki bo’ldi. Jahon ishlab chiqarishida muhim iqtisodiy resurslar sifatida ilmiy echimlar va modernizatsiyalashlardan foydalanish asosida o’sishning yangi yo’nalishi shakllana bordi.
Bugungi asosiy vazifa milliy modernizatsiyalash tizimni rivojlantirishning strategik maqsadlarini shakllantirishdan iborat.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiy adabiyotlarida “modernizatsiyalash” ilmiy- texnika yutuqlariga erishish jarayonini yangi mahsulot va texnologiyalarga asoslangan haqiqiy jarayonga aylantirish omili sifatida talqin etilmoqda. Ularning fikricha, modernizatsiyalash texnika, ishlab chiqarish va tijorat tadbirlari jamlanmasi bo’lib, bozorga yangi uskunalarni kiritish hisoblanadi. Modernizatsiyalashning mazmuni bo’yicha boshqa talqinlar ham juda ko’p.
Yuqoridagilarga asoslanib, shunday xulosaga kelish mumkin: modernizatsiyalashning asosiy mazmuni o’zgarish, bosh vazifasi esa vazifaning o’zgarishi, demakdir.
Bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimni ikkinchisi bilan almashtirishda anchagina yangilanishlar bo’lmoqda, ko’p tarmoqli iqtisodiyotni modernizatsiyalash o’tishi natijasida, modernizatsiyalash jarayoni jamiyat hayotiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohagagina modernizatsiyalash kiritish bilan cheklanib qolmaydi va modernizatsiyalash jarayoni pirovardida ishlab chiqarishdagi inqirozlarni bartaraf etib, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydi.
Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadidagi asosiy chora- tadbirlar ham ushbu yo’nalishni taraqqiy etdirish orqali korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun ishlatilmoqda. Tayyor mahsulotni chiqarishda korxonalar oldidagi birinchi vazifa mehnat resurslaridan, moddiy- texnika vositalari va moliyaviy vositalardan samarali foydalanish, bahoning foydadan ustunligini ta’minlash, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish hisoblanadi.
Xom ashyo etishtiruvchilar industrial modernizatsiyalashda ishtirok etishi ularning mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishiga imkon beradi. Shu bois, industrial modernizatsiyalashda xom ashyo etishtiruvchilarning ishtirok etishi bo’yicha mexanizmni yaratish, ishlab chiqarish rejasiga, shuningdek, tadqiqot ishlari rejasiga, ya’ni modernizatsiyalashning ilmiy ta’minotiga ushbu masala kiritilishi lozim. Shunday qilinsa, yana bir muhim masala hal etiladi: ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashda korxona ishtiroki yanada takomillashadi.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga, shuningdek, qishloq xo’jalik korxonalari mahsulotlari eksporti doirasini kengaytirishga ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va xizmatlar bo’yicha muammolarni hal qilish orqali erishiladi. Shu bilan birga hozirgi davrda oziq-ovqat bilan ichki bozorni ta’minlashda ham davlat himoyasi zarur, shuningdek, davlat tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ularning qayta ishlanganlariga o’zgaruvchan bahoni
qo’yish, er va soliq qonunlari, investitsiya kiritish uchun engilliklar berish orqali imkoniyatlar yaratiladi.
Qishloq xo’jaligini jadal va to’liq rivojlantirish uchun ishlab chiqarish modernizatsiyasini qo’llash talab qilinadi. Buning uchun er va mehnat resurslari imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish, parvarishlash texnologiyalarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, tarmoqning moddiy-texnika bazasi talab darajasida mustahkamlanishiga erishish zarur.
Bunda shuningdek, qishloq xo’jalik korxonalari ekinlari turlari bo’yicha mahsulot etishtirishga, mashina majmuasini yangilashga alohida ahamiyat berish lozim. Shuni hisobga olib, qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoatini modernizatsiyalash rivojlantirish masalasini qayta ko’rib chiqib, soha uchun zarur texnika vositalarining ma’lum qismini yaqin va uzoq xorijdan keltirish masalasini hal qilish lozim. Muammolardan yana biri qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish, bozor bilan bog’liq muammodir. Bu muammoning echilishi, davr talab qilayotganidek, yig’ib olingan mahsulotdan samarali foydalanish, uni samarali taqsimlash, qayta ishlash sanoatini kengaytirish, har xil iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni taqozo etadi. Bunga erishish esa, qishloq xo’jalik korxonalari mahsulotlari etishtirish samaradorligini, shuningdek, ichki bozordagi singari tashqi bozorda ham ularning raqobatbardoshligini ma’lum darajada oshiradi.
o`zbekistonning modernizatsiyalash tizimi xo’jalik korxonalari yuritishning yangi tizimiga ko’nikishi, avvalambor, tadbirkorlik sektori modernizatsiyalash faoliyati transformatsiyasini, ya’ni, «texnologik turtki» modelidan yangi mahsulotga talabni aniqlash modeliga o’tishda namoyon bo’ladi.
o`zbekiston iqtisodiyotining turli sektorlarida amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy-texnik va texnik hamkorlik, korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o’ynaydi, yangi texnologiyalar ichki bozorlarga kirib kelishiga ko’maklashadi.
Hozirda ko’p ilm-fan talab qiladigan va texnik jihatdan murakkab tarmoqlarning rivojlanishi yuqori darajada globallashish, jahon savdo-sotiq kanallari bo’yicha, transmilliy korporatsiyalarni global ishlab chiqarish va sotish tarmoqlari orqali texnologik yangiliklar tarqalishi bilan xarakterlanadi. Ko’p ilmiy echim talab qilinadigan ishlab chiqarishni avval eksport uchun, so’ngra ichki bozor uchun tashkil qilish ko’pgina mamlakatlar iqtisodiyoti yuksalishining asosiy omili bo’lmoqda.



        1. Yüklə 114,46 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin