Tarmoqlarini


-rasm. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari



Yüklə 114,46 Kb.
səhifə8/10
tarix10.06.2023
ölçüsü114,46 Kb.
#128083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uzbekiston dexkon va fermer xujaliklarini takomillashtirish yo\'nalishlari

1-rasm. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari.


Agrosanoat ishlab chiqarishi samaradorligi pastligi, rivojlanmaganligiga asosiy sabablardan biri qishloq xo’jaligining alohida sohalarini moddiy-texnika bilan ta’minlash jarayonidagi nomutanosiblik, soha tarmoqlarining alohida mahkama va vazirliklarga bo’ysunishi, ular o’rtasidagi o’zaro nomuvofiq aloqani bartaraf etish uchun tarmoqlararo yagona takror ishlab chiqarishni rivojlantirish zanjirining yo’qligidir. Masalan, saqlash va qayta ishlash sanoati rivojlanmaganligi, quvvati pastligi natijasida har yili o’rtacha etishtirilgan go’shtning-15, sutning-20, meva, sabzavot va kartoshkaning 40% ga yaqini, don va paxtaning 10% dan ortig’i isrof bo’lmoqda.


Buning asosiy sababi shundaki, soha tarmoqlari o’rtasidagi aloqalar o’zaro iqtisodiy manfaatdorlik asosida yo’lga qo’yilmagan, moddiy-texnika bazasi etarli darajada rivojlantirilmagan. Bundan tashqari qishloq xo’jaligiga etkazib
berilayotgan mashina, traktor va boshqa texnika vositalarining, mineral o’g’itlarning sifati past. Shu sababli o’z miqdoriga nisbatan kutilgan samarani bermayapti. Ularning samaradorligi pastligiga traktor va texnikalarga texnik xizmat ko’rsatish, ularga ehtiyot qismlarni etkazib berish, joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar etarli darajada rivojlanmaganligi ham sabab bo’lmoqda.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish jarayonida ekologik jihatdan zararli texnika va materiallar ishlab chiqarish hamda ishlatishga qarshi ma’muriy va iqtisodiy to’siq yo’qligi sababli, tuproq tarkibiga salbiy ta’sir qiladigan og’ir va zararli traktor va texnika vositalarini etkazib berish to’xtatilgan.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish natijalari ob-havo va iqlim sharoitlariga qarab, yillar bo’yicha o’zgarib turadi. Shu sababli, bu sohada takror ishlab chiqarishning bir maromda kechishini ta’minlash ko’pincha fondlarni barpo etish va saqlab turishni talab etadi. Shuning uchun favqulodda hollarda ishlatish uchun oziqa, urug’lik va ish haqi zahira fondlarini tashkil etish lozim. Keyingi 30-40 yillar ichida rivojlangan mamalakatlar qishloq xo’jaligida ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar ro’y bergan. Qishloq xo’jaligi hozirgi zamonaviy texnikasi va biologiya fani yutuqlarini qo’llashga asoslangan industrial tovar ishlab chiqarish vositalari etkazib beruvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini tegishli savdo bo’g’imlarini birlashtiruvchi yagona agrobiznes - agrosanoat majmui tizimiga birlashib, integratsiyalashdi.


Bozorni boshqarish, dastlab bevosita yuqori pirovard natijalarga erishish – qishloq xo’jaligi va agrosanoat majmui tarkibidagi boshqa tarmoqlar o’ptasida balanslashgan mutanosiblikni o’rnatishdir. Shu munosabat bilan davlat boshqaruv idoralari va agrosanoat tarkibidagi xo’jalik(korxona, tashkilot)lar ishchi apparati xodimlarining barcha boshqaruv bosqichlaridagi o’rni ortib bordi. Bozor munosabatlarini tartibga solish rejali taqsimot tizimi sharoitida ishlab chiqarishni boshqarishga nisbatan murakkab. Shuning uchun boshqarish
idoralari zamonaviy vazifa va talablarga mos keladigan tashkiliy tuzilma va mutaxassislar tarkibi bo’yicha javob bermog’i, rahbar xodimlar ishchanlik va malakaviy qobiliyatlari tufayli iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish muammolarini echish san’atiga ega bo’lmog’i lozim.
Davlat boshqaruv idoralarining agrosanoat majmuida xo’jalik mexanizmini tartibga solishdagi roli bevosita iqtisodiy dastaklar va moddiy rag’batlantirish orqali o’sib boradi. Ta’kidlash joizki, davlat tomonidan boshqarishni tartibga solish, nazarimizda, ma’lum vazifadan tashkil topmog’i lozim. Ular quyidagilarda iborat:

  • byudjet, kredit resurslaridan va davlat tomonidan xo’jaliklarga beriladigan yordam mablag’laridan oqilona foydalanish;

  • qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar o’rtasidagi baholar mutanosibligini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • respublika va uning mintaqalari bo’yicha oziq-ovqat fondini yaratish, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilari uchun marketing xizmatini tashkil etish;

  • samarali investitsiya, innovatsiya va institutsional siyosatni olib borish.

Hozirgi paytda agrosanoat majmuini boshqarishda qator kamchiliklar mavjud, Xususan:

  • agrosanoat ishlab chiqarishini tartibga solishda ayniqsa, tarmoqlararo munosabatlarga ta’sir etishda va qishloq xo’jaligi hamda sanoat tarmoqlari

o’rtasidagi ekvivalent almashuvida davlatning ishtirok etmayotganligi;

  • islohotlarni joriy etishda mintaqaviy xususiyatlar va mavjud qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tuzilmasi hisobga olinmayotganligi;

  • agrar sohani qayta tashkil etishda ijtimoiy omillarni, xususan, mehnatga qobiliyatli xodimlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning hayotga sekin joriy etilayotganligi.

Xorij va mamlakatimizda to’plangan tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, bozorning shakllanish jarayoni o’sib borishi bilan xo’jalik sub’ektlari tomonidan iqtisodiyotni boshqarish omillarining ahamiyati ham ortib boradi. Ko’pgina mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, bozor munosabatlari rivojlanishi
bilan davlatning agrosanoat tizimi va uning alohida tarmoqlariga maqsadga muvofiq ravishda ta’sir etish zarurati saqlanib qoladi.
Bozor iqtisodiga o’tishning hozirgi bosqichida respublikamiz agrar sohasini boshqarishda davlat boshqaruvining ahamiyati katta. Shuning uchun davlat idoralari xo’jalik ishlariga aralashmaslik siyosatidan chekinib, agrar sohani va agrosanoat majmui boshqa tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab bermog’i lozim.
Ta’kidlash joizki, qo’shimcha moddiy, mehnat va moliya resurslarini jalb qilmasdan, faqat boshqarish tizimini tashkil etishni tartibga solish orqali katta samaraga erishish mumkin. Agrosanoat majmui tizimini tashkil etishning muhim sharti, bu jarayonni maqsadga muvofiq rejali va izchil davom ettirishdir.
Qishloq xo’jaligi tarmoqlari, xususan, dehqon xo’jaliklari turli rivojlanish bosqichlarini bosib o’tib, turli institutsional muhit sharoitida o’zining yashovchanligini ko’rsatgan shaxsiy yordamchi xo’jaliklari o’rnida vujudga kelgan xo’jalik yuritish shakli hisoblanadi. Aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari xalq xo’jaligining turli sohalarida band bo’lganlar uchun ishdan bo’sh vaqtida mehnat resurslaridan samarali foydalanish vazifasini bajargan bo’lsa, dehqon xo’jaligi nafaqat ishdan bo’sh vaqtdan samarali foydalanish, balki kichik miqyosida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi kichik tadbirkorlik sub’ektidir. Shu bilan birga dehqon xo’jaligi uy xo’jaligining faoliyat doirasida olib boriladi va oila biznesini tashkil etish usuli hisoblanadi. Bu jihatdan dehqon xo’jaligining vazifasi oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va sotish orqali inson kapitalini ro’yobga chiqarishda namoyon bo’ladi. Uy xo’jaligi hamda firma faoliyati doirasida yuzaga keladigan hukmronlik munosabatlari dehqon xo’jaligiga ham xosdir. Dehqon xo’jaligi oila a’zolari o’z hatti-harakatlari ustidan nazoratni oila boshlig’i hisoblangan shaxsga ishonib topshiradilar.
Demak, bugungi kunda dehqon xo’jaligi o’zining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko’ra iqtisodiy faoliyatining asosiy sub’ektlaridan hisoblangan-uy
xo’jaligi va firmaning ayrim jihatlarini o’zida namoyon qiladi va inson kapitalini realizatsiya qilishning muhim yo’nalishi sifatida daromadlarni ko’paytirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda, aholi turmush darajasini ko’tarishda katta ahamiyat kab etadi.
Ma’lumki, tovarliligi yuqori bo’lgan mahsulotlarni erta etishtirish ulardan ko’proq daromad olishga olib keladi. Bu ayniqsa, janubiy hududlarda joylashgan dehqon xo’jaliklari uchun muhimdir. Dehqon xo’jaliklari uchun nafaqat mahsulotni erta etishitirish balki erta etishtirilgan mahsulotni sotish ham katta xarajatlarni talab qiladi. Erta etishtirilgan mahsulotlarni sotishda mablag’ etishmasligi bois etishtirilgan mahsulotning 50 foizigacha bo’lgan qismi vositachilarga sotib yuboriladi. Hozirgi kunda dehqon xo’jaliklaridagi mavjud muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • dehqon xo’jaliklarining mineral o’g’it va o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, yonilg’i moylash materiallari va texnika vositalariga bo’lgan haqiqiy talabni to’liq qondirilmayotganligi va yaxshi o’rganilmaganligi;

  • dehqon xo’jaliklari chorvadorlikda etakchi mavqega ega bo’lishiga qaramasdan mahsuldorlik darajasi unchalik yuqori emas;

  • qayta ishlovchi sanoat korxonalari bilan go’sht va sut sotib olishning samarali tizimi yo’lga qo’yilmagan;

  • dehqon xo’jaliklarida bozor talabiga mos ravishda mahsulot etishtirishga ma’lum ma’noda erishilayotgan bo’lishiga qaramasdan, mahsulotni sotish va qayta ishlash yaxshi yo’lga qo’yilmagan.

Shunday holatlar ham uchrab turadiki, dehqon o’zi etishtirgan mahsulotni bozorda past narxda hatto tannarxidan ham past bahoda sotishga majbur. Bunday holatni bartaraf etish uchun dehqonlarning kooperatsiya orqali birlashish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Bunda asosiy e’tibor tarmoq va tarmoqlararo tarkibiy tuzilmalar tashkil etish orqali dehqon xo’jaliklarining moddiy-texnika resurslari, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash vositalari hamda ishlab chiqarish va texnika, servis va maslahat xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish va qishloq
xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmini oshirishga e’tibor qaratish lozim. Bu maqsadlar qishloqda xususiy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish maqsadlariga mos kelishi lozim. Bunda asosiy e’tibor qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qodirish, servis xizmatini ko’rsatish tizimini intensiv rivojlantirish hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Ko’pgina hollarda dehqon xo’jaligi bozor konyukturasi, talab va taklif, raqobat, bozor narx navolari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishi, uning bilim va axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga juda ham pastligicha qolmoqda. Buning natijasida ba’zi o’rganilgan dehqon xo’jaliklarida sotish xarajati mahsulot bahosining 25 foizini, jami xarajatlari tarkibida esa sotish xarajatlari 60 foizdan ortig’ini tashkil etmoqda.
Albatta, mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada oshirish imkoniyatlari mavjud va bu imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga etishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini nafaqat mamlakatimiz aholisini tuliq ta’minlash, balki kelgusida qishloq xo’jaligi mahsulotlari qushni mamlakatlarga yoki MDH davlatlariga eksport qilish imkoniyatlari etarli darajada mavjud.
Endi “Oq-oltin” paxta tozalash ochiq aktsiyadorlik jamiyatining iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini tahlilini ko’rib chiqamiz. (2-jadval).



Yüklə 114,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin