Tarmoqlarini


Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning iqtisodiy samaradorligining tahlili



Yüklə 114,46 Kb.
səhifə7/10
tarix10.06.2023
ölçüsü114,46 Kb.
#128083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uzbekiston dexkon va fermer xujaliklarini takomillashtirish yo\'nalishlari

Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning iqtisodiy samaradorligining tahlili


Hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligi rivojlanishini yanada jadallashtirishning eng dolzarb muammolaridan biri tarmoq samaradorligini oshirishdir. Ishlab chiqarish samaradorligi murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, unda iqtisodiy qonunlarning harakatlari o’z ifodasini topadi va korxona faoliyatining muhim tomoni – natijaviyligi yuzaga keladi.


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini xarakterlashda natural va qiymat ko’rsatkichlari tizimidan foydalaniladi. Samaradorlikning natural ko’rsatkichlari qishloq xo’jaligi o’simliklari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi hisoblanadi. Natural ko’rsatkichlar qiymat ko’rsatkichlarni: yalpi va tovar mahsulot, yalpi va sof daromad, foyda va ishlab chiqarish rentabelligini hisoblashda asos sanaladi.
Yalpi mahsulot – ma’lum davr mobaynida yaratilgan barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining puldagi ifodasi, tovar mahsulot esa, sotilgan mahsulotdir.
Yalpi daromad (YaD) –yalpi mahsulot (YaM) qiymati bilan undagi moddiy sarflar (Ms) orasidagi farqdir:
ЯД ЯМ Мс
Sof daromad (SD) yalpi mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish xarjatlari yoki uning tannarxini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi:
СД ЯМ Тм
Sof daromad hajmini yalpi daromad qiymatining ish haqiga to’lovini (Hi) ayirib ham hisoblash mumkin:
СД ЯД Хи
Iqtisodiy adabiyotlarda yaratilgan (T) va realizatsiya qilingan (T`) sof daromad farqlanadi. Sof daromadning realizatsiya qilingan qismi korxona foydasi hajmiga to’g’ri keladi. Demak, agar sof daromadni yalpi mahsulotni taqsimlash orqali topadigan bo’lsak, unda foyda (F) mahsulotni sotishdan keladigan tushum (Ts) bilan uning to’liq tannarxi (Ts) ayirmasi sifatida hisoblanadi.
Ф Тс Тк

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini umumlashtiruvchi natija rentabellikdir. Rentabellik darajasi (R) foydaning mahsulotning to’liq (tijorat) tannarxiga nisbatan % dagi qiymati sifatida hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar butun qishloq xo’jaligining samaradorligini xarakterlashda ham, tarmoq samaradorligini ifodalashda alohida mahsulot bo’yicha ham qo’llaniladi.


Qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi sohaga etarli ahamiyat berilmaganligi, texnika, o’g’it, kapital mablag’lar kam ajratilganligi tufayli hozirgi holatga tushdi. Chunonchi, keyingi yillarda qishloq xo’jaligiga xalq xo’jaligiga sarf etilgan kapital mablag’larning 30-32%i ajratilgan.






Yüklə 114,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin