tarix darsligi sifatida log fayllar (logs) xizmat qiladi. Ular voqealar jurnali,
registratsiya fayllari deb ham nomlanadi. Qanday nomlanishiga qaramasdan
mazmuni bitta – barcha voqealar to’g’risida xronologik
tartibda yozuvlarni
saqlash. “Voqealar” deganda aniq nimalar tushinilishiga keyinroq yana
to’qtalamiz.
Ko’pchilik tizim administratorlari loglarga beparvolik bilan munosabat
qilishadi. Loglarni umuman yig’maydi yoki ularga diqqat qaratishmaydi. Ayni
paytda, loglar nosozliklarni izlashda (
troubleshooting
)
va turli hodisalarni
tekshirishda eng kuchli uskunalardan biri hisoblanadi. Ularga quyidagilarni kiritish
mumkin, masalan: Marshrutizatorga kirishga nechta muvaffaqiyatsiz urinishlar
sodir bo’ldi? Qachon VPN-tunnelga hujum amalga oshirildi? Qurilmaning qayta
yuklanganidan berli qancha vaqt o’tti va bu elektrning o’chishi bilan bog’liqmi?
Konfiguratsiyada oxirgi o’zgartirish qachon amalga oshirildi?
Ushbu va boshqa
ko’plab shu kabi savollarga biz faqat loglarga murojat qilgan holda javob
topishimiz mumkin.
Loglash (
logging
) amalda sizning tarmog’ingizda sodir bo’lgan hamma
narsani ko’rish imkonini beradi. Barcha qurilmalarni
real vaqt rejimida kuzatib
borish mumkin emas, ayniqsa hodisalar tunda sodir bo’lsa, tarmoq esa o’nlab
kommutatorlar va marshrutizatorlardan tashkil topgan bo’lsa. Bundan tashqari,
loglarni davriy ravishda ko’rib chiqish kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Afsuski, Cisco (va boshqa ishlab chiqaruvchilar)
ning tarmoq qurilmalari
loglar uchun juda cheklangan joyga (bufer) ega, bu o’z navbatida loglarda aks
etishi mumkin bo’lgan vaqt oralig’iga ta’sir qiladi. Bufer hajmi tugagandan so’ng,
eng eski loglar oddiygina o’chiriladi. Bundan tashqari, qurilma
qayta yoqilganda,
loglar qayta tiklanmaydigan ko’rinishda yo’qoladi. Ushbu muammolarni hal qilish
uchun
Dostları ilə paylaş: