Cisco qurilmalaridan (va boshqa ayrim qurilmalardan ham) loglarni
yig’ishning 6 usuli mavjud. Ularni ko’rib chiqamiz:
1)
Console Logging
– Xabarlarni konsolga chiqarish. Ushbu usul avtomatik
ishlaydi va logni to'g'ridan-to'g'ri qurilma konsoliga chiqaradi.
2)
Buffered Logging
–
Qurilma buferiga, ya’ni RAM xotirasiga loglarni
saqlash.
3)
Terminal Logging
– loglarni terminalga chiqarish, ya’ni Telnet yoki SSH
seanslari uchun.
4)
Syslog сервер
– Syslog protokoli yordamida loglarni markazlashtirilgan
yig'ish.
5)
SNMP Traps
– SNMP protokoli orqali
loglarni markazlashtirilgan
yig'ish.
6)
AAA
– Accounting ni ishlatish. Qurilmaga ulanish va buyruqlarni kiritish
bilan bog'liq yig'ish.
Usullarning har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega,
shuning
uchun ularni birgalikda ishlatish kerak. Quyida ushbu usullarning ayrim jihatlarini
ko'rib chiqamiz.
Loglash darajalari
Biroz yuqoriroqda, biz loglar xronologik tartibdagi
barcha voqealarning
yozuvlari deb xulosa qildik. Ammo voqea deganda nimani tushinish kerak?
Bularning barchasi loglash darajasiga bog'liq. Loglarda qanday ma'lumot
ko'rsatilishi kerakligini aynan ushbu darajalar aniqlaydi. Jami 8 ta loglash darajasi
mavjud:
0 - Emergencies.
Tizimning ishlamasligi bilan bog'liq hodisalar.
1 - Alets.
Darhol chora ko’rish zarurligi to'g'risida xabarlar.
2 - Critical.
Muhim voqealar.
3 - Errors.
Xatoliklar haqida xabarlar.
4 - Warnings.
Ogohlantirishlarni o'z ichiga olgan xabarlar.
5 - Notifications.
Muhim bildirgilar.