Tarmoqni himoyalash protokollari scp va snmp oldingi ishlarda aytib ketilganidek, Telnet



Yüklə 264,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix23.09.2023
ölçüsü264,7 Kb.
#147523
1   2   3   4   5   6   7   8
6 - Informational.
Axborot xabarlari. 
7 - Debugging.
Nosozliklarni tuzatish xabarlari. 
Ushbu darajalar irsiydir, ya'ni 7-darajani tanlab, siz barcha darajadagi 
xabarlarni qabul qilasiz (0 dan 7 gacha), va 3-darajani tanlaganingizda – faqat 0 
dan 3 gacha. Loglash darajasini ehtiyotkorlik bilan oshiring, chunki bu daraja 
qanchalik baland bo'lsa, protsessorga yuklama shuncha ortadi. Masalan, agar 
marshrutizator orqali "katta" trafik o'tayotgan bo'lsa va protsessor allaqachon katta 
yuklama ostida bo'lsa, u holda 7-darajani (Debugging) yoqsangiz siz shunchaki 
qurilma ustidan nazoratni yo'qotishingiz mumkin. 
Korporativ tarmoqlarda loglashning 6-darajasi (Informational) ko'pincha 
qo'llaniladi. 
7-daraja 
(Debugging) 
odatda 
nosozliklarni 
qidirishda 
(troubleshooting) ishlatiladi, masalan, VPN tunnelini qurish bilan bog'liq 
muammolarni aniqlash uchun. 
Console Logging 
Kommutatorga yoki marshrutizatorga konsol orqali ulanganingizdan so'ng, 
darhol loglarni ko'rasiz. Avtomatik tarzda loglashning 5-darajasi yoqilgan bo’ladi. 
Agar qurilma yuklama ostida bo'lsa (ya'ni u orqali trafik o'tayatgan bo'lsa), hech 
qanday holatda loglash darajasini oshirmasligingiz kerak, aks holda siz shunchaki 
konsoldan ishlay olmaysiz, chunki doimiy ravishda loglar paydo bo'lishi buyruqlar 
yozishingizga to'sqinlik qiladi. Bunga qo'shimcha ravishda, agar siz oddiygina 
konsol kabelini tortib olsangiz, u holda jurnallar konsolga yuborilishni davom 
ettiradi va qurilmadan muhim resurslarni iste'mol qiladi. 
Biroq, Console Logging eng qulay bo'lgan holatlar (odatda testlash 
bosqichida) mavjud, chunki qurilmani real vaqtda kuzatib borish imkoniyatini 
beradi. Loglash darajasini sozlash uchun quyidagi buyruqdan foydalaning: 
Router(config)#logging console 7 
yoki 
Router(config)#logging console debugging 


Agar loglar konsolda ishlashga xalaqit berishni boshlasa, unda loglash 
darajasini o'zgartiring yoki ularni buyruq bilan o'chirib qo'ying: 

Yüklə 264,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin