Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
Darsning mavzusi:Ega ergash gapli qo’shma gap
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchilarda ega ergash gapli qo’shma gaplar ,ularning ifodalanashi yuzasidan bilim va ko’nikmalar hosil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar izzat-hurmat,mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Ergashgan qo’shma gap haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.142-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1.Kimki ilm urug’ini sepsa,u ulug’lik mevasini teradi.
K imki -sa,u
II.Bilib oling:Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi.Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar(kim-o’sha,nima-o’sha) yokiboshgapkesimitarkibidaqo’llanuvchi–ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda,ergashgap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari –ki yuklamasi bog’langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Eslab qoling:Ba’zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.143-146-mashqlar ustida ishlash.
144-mashq:Bosh va ergash gaplarni aniqlang.Ularni bog’lovchi vositalarni toping.
Shunarsa qiziqki,uyquda ham miya o’z faoliyatini to’xtatmaydi.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.O’yin:Gaplarni davom ettiring(Ko’rsatish olmoshi ishtirokida ergashgan qo’shma gaplar hosil qilish)
1.Kim harakat qilsa,…
u,albatta ,baraka topadi.
2.Kitob o’qishning shunisi qiziqki,…
IV.Test sinovi:
1.Shu narsa qiziqki,inson doimo yaxshi yashashga intiladi.Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang.
1.Kesim ergash gap B.Ega ergash gap
C.To’ldiruvchi ergash gap D.Hol ergash gap
2.Ega ergash gap bosh gapga qanday vositalar orqali bog’lanadi?
A.Nisbiy so’zlar B.-ki yuklamasi
C.A va B javoblar D.-sa yuklamasi
3.Kim o’qisa,u murodiga yetadi.Ega ergash gap qolipini toping.
A . B.
, ,
C . D.
,
4.Nisbiy so’zli ega ergash gapli qo’shma gaplarda bosh va ergash gap qanday vosita orqali bog’lanadi?
A.-ki B.-ku C.-sa D.Shu,o’sha
5.Gap qismlari –ki yuklamasi orqali bog’langanda ergash gap…
A.Bosh gapdan oldin B.Bosh gapdan so’ng
C.Gap boshida D.Gap oxirida keladi
Dostları ilə paylaş: |