I.Badiiy asarlar matnidan ko’chirma gapli qo’shma gaplarni topib,ularning tuzilishini izohlash. II.190-192-mashqlar ustida ishlash: 190-mashq:Gaplarni ko’chirma gapli qo’shma gaplarga aylantiring: 1.”Mevasi achchiq daraxtni,-deydi donolar,-asal bilan sug’orsang ham ,shirin meva bermaydi”.” III.Test sinovi:
:”Odobni odobsizdan o’rgan ”,-deb aytmaydi.Ko’chirma gap qolipini aniqlang:
A.M.g:”K.g” B.”K.g”,-m.g C.M.g:”K.g”,-m.g D.”K.g,-m.g,-k.g”
2.M.g:”K.g”qolipidagi gap berilgan qatorni toping.
A.”Onajon,-dedi Nargiza,-siz mening eng yaqin sirdosh dugonamsiz”.
B.Nargiza onasiga uning eng yaqin sirdosh dugonasi ekanligini aytdi.
C.Amir Temur shunday deydi:”Kuch adolatdadir”.
D.”Birovning diliga behuda ozor berma”,-deydilar doimo buvajonim.
3.Berilgan gap qolipi qanday ifodalanadi?”Navbatchilar hamma joyni yaxshilab tozalasin”,-deb uqtirdilar ustozimiz.
A.”M.g,-k.g,-m.g” B.M.g:”K.g” C.”K.g”,-m.g D.”K.g,-m.g,-k,g”.
4.Ko’chirma gap va muallif gapi bir-biriga nisbatan qanday joylashadi?
A.Avval muallif ,so’ng ko’chirma gap B.Turlicha
C.Avval ko’chirma,so’ng muallif gapi
5.Avval muallif gapi berilgan ko’chirma gapli qo’shma gapni toping.
A.Donolar aytadilar:”Vatan ostonadan boshlanadi”
B.”Vatan ostonadan boshlanadi”,-deb aytadilar donolar.
C.Dunyoda onadan azizroq zot yo’qligini ustozimiz qayta-qayta uqtiradilar.
D. Bu yil bahor o’zgacha tarovat bilan kirib keldi.
Javoblar:1.A 2.C3.C 4.B 5.A
Uyga vazifa:188-mashq:Ko’chirma gapli qo’shma gaplarga misollar topib yozing,ko’chirma va muallif gaplarining o’rnini almashtiring
1.”Qiz bola-oila ko’rki,fayzi”,-deydilar buvi-yu momolarimiz.”K.g”,-m.g;
Buvi-yu momolarimiz:”Qiz bola-oila ko’rki,fayzi ”,-deydilar.M.g:”K.g”,-m.g;
2.”Ilohim ,oyog’ing hech qachon zamindan uzilmasin,qadamlaring
shaxdam,yo’llaring ravon bo’lsin”,-pichirlaydi ona lablari “K.g”,-m.g;
Ona lablari pichirlaydi:”Ilohim ,oyog’ing hech qachon zamindan uzilmasin,qadamlaring shaxdam,yo’llaring ravon bo’lsin”. M.g:”K.g”;