Tartib raqam Sinf Sana


O’quvchilar bilimini baholash



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə65/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

O’quvchilar bilimini baholash.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









______________

2







3







4







5









Mavzu:Ko’chirma gapli qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchilarda ko’chirma gapli qo’shma gaplar,ularning ifodalanishi va tuzilishi,ko’chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi haqida bilim va ko’nikmalar hosil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ularni ,mehr-muhabbat va ezgulik fazilatlarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Ko’chirma gapli qo’shma gaplar haqida ko’rgazma,badiiy asarlar,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.182-mashq-uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:Muallif va ko’chirma gapni ajrating:
“Intilganga tole yor”,-deydi xalqimiz.Intilganga tole yor-ko’chirma gap;Deydi xalqimiz-muallif gapi;
II.Bilib oling:ko’chirma gapli qo’shma gaplar doimo ikki qismdan iborat bo’ladi:muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topadi.183-mashq:Gaplar tarkibidagi muallif va ko’chirma gaplarni ajrating:
muallif gapi ko’chirma gap
Donodan so’radilar:”Ey donishmand,kishi uchun eng yaxshi narsa nima?”…
m.g k.g
Aytdi:”Jim turmoq,ortiqcha so’zlarni aytmaslik”
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Badiiy asarlar matnidan ko’chirma gapli qo’shma gaplarni topib,ularning tuzilishini izohlash.
II.184-187-mashqlar ustida ishlash:
186-mashq:Gaplarni ko’chirma gapli qo’shma gaplarga aylantiring:
k.g m.g k.g
1.”Xalqning ishonchini oqlash,-deydi Mirtemir,-har birimizning muqaddas burchimizdir”.
III.Test sinovi:
1.Xalqimiz bejijga:”Ustoz-otangdek ulug’”,-deb aytmaydi.Ko’chirma gap qolipini aniqlang:
A.M.g:”K.g” B.”K.g”,-m.g C.M.g:”K.g”,-m.g D.”K.g,-m.g,-k.g”
2.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar qanday qismlardan tarkib topadi?
A.Muallif gapi va ko’chirma gap B.Birovning gapi va muallif gapi
C.Ko’chirma gap va so’zlovchi gapi D.O’zganing gapi va avtor gapi

3.Berilgan gap qanday gap:”Navbatchilar hamma joyni yaxshilab tozalasin”,-deb uqtirdilar ustozimiz.


A.Bog’lovchiziz qo’shma gap B.Sodda gap
C.Ko’chma gap D.Ko’chirma gapli qo’shma gap
4.Ko’chirma gap berilgan qatorni toping.
A.Darsdan so’ng kinoga borishimiz haqida Rahimaga aytdim.
B.Bahor keldi,ammo hali ham sovuq izg’irin o’z hukmini surmoqda.
C.Xalqimiz bir qizga qirq hunar ham ozligini aytib o’tgan.
D.”Urush davrida bir burda non uchun odamlar soatlab navbatda turishgan”,-deb eslaydilar buvijonim.
5.Avval ko’chirma gap berilgan ko’chirma gapli qo’shma gapni toping.
A.Donolar aytadilar:”Vatan ostonadan boshlanadi”
B.”Vatan ostonadan boshlanadi”,-deb aytadilar donolar.
C.Dunyoda onadan azizroq zot yo’qligini ustozimiz qayta-qayta uqtiradilar.
D. Bu yil bahor o’zgacha tarovat bilan kirib keldi.
Javoblar:1.A 2.A 3.D 4.D 5.B
Uyga vazifa:188-mashq:Ko’chirma gapli qo’shma gaplarga misollar topib yozing,ko’chirma va muallif gapini aniqlang:
k.g m.g
1.”Qiz bola o’qib,shahar olib beradimi?”-degan gaplar ta’siriga tushib qolma.
k.g
2.”Ilohim ,oyog’ing hech qachon zamindan uzilmasin,qadamlaring
m.g
shaxdam,yo’llaring ravon bo’lsin”,-pichirlaydi ona lablari.

Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin