Mavzu: 7-nazorat ishi.Ijodiy bayon “Bahor tarovati”
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy- o’quvchilarning olgan bilimlari asosida “Bahor tarovati”mavzusida reja tuzib,insho yozish,o’quvchilar olgan bilimlarni sinash va baholash;
b) tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat,go’zallik va bahor tarovatidan bahra olish tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi- og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi:yozma ish;
Nazorat turi: ijodiy bayon;
Dars uslubi:suhbat,reja tuzish,ijodiy bayon yozish;
Dars jihozi: Mavzuga oid ko`rgazma , matn,nazorat ishi daftarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomalshish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Berilgan ijodiy bayon matnini o’qish va matn asosida suhbat .Ijodiy bayon mavzisi va rejasi yuzasidan kerakli tavsiyalar berish;
II.Mavzuga oid reja tuzish va o’quvchilarning tuzgan rejalarini ko’rib,kerakli tuzatish va izohlar berish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ijodiy bayonni yozdirish:
6-nazorat ishi
Ijodiy bayon
Bahor tarovati
Reja:
1.Sen bahorni sog’inmadingmi?
2.Ko’klam fasli nafosati.
3.Mehr-muhabbat va go’zallik tarannumi.
Salqin saharlarda,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor,
Qushlarning parvozi,yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda ,qirlarda bahor..
Zulfiya
O’lkamizda fasli navbahor o’z tarovati,nafosati bilan kirib kelmoqda.Bu fasl uyg’onish,ko’klam va nafosat fasli deb ham ataladi.Chunki bahor kirib kelishi bilan tabiat ham uyqudan ko’z ocha boshlaydi.Atrof go’zallikdan yashnaydi.Ayting,qahraton qish izg’irinidan so’ng kim shu nafosatli kunlarni qo’msab,sog’inmagan?Shoir aytganidek:”Sen bahorni sog’inmadingmu?”…
Bahor kelishi bilan momolar ,avvalo,boychechaklrni ko’zlariga surtib,”omonlok-somonlik ”qiladilar.Shu bahorga yetkazganiga shukronalar aytadilar.
Ko’klam fasli nafosati har nafasda seziladi:daraxtlarning kurtak yozishi,maysalarning yerdan bosh ko’tarishi,boychachaklarning unishi,qushlar parvozi va xonishi,dalalarda ishlarning avj olishi…
Har nafasda ko’klam ifori ufurib turadi.Bu shunchalar nafis va beg’ubor…
Ko’klam fasli o’z go’zalligi bilan birga qalblarga mehr-muhabbat tuyg’ularini ham olib kiradi.8-mart,21-mart bayramlari mana shu ulug’ va insoniy tuyg’ular ila qalblarni shodlantiradi…
II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish.
Uyga vazifa:Bahor haqida va Zulfiyaxonim ijodiga oid she’rlardan yod olib kelish;
Dostları ilə paylaş: |