Tartib raqam Sinf Sana


O’quvchilar bilimini baholash



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə70/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

O’quvchilar bilimini baholash.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









______________

2







3







4







5









Mavzu:Ko’chirma gaplar va o’zlashtirma gaplar yuzasidan mustahkamlash darsi.
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-ko’chirma va o’zlashtirma gaplar yuzasidan olgan bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlash;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida mehr-muhabbat,o’zaro hurmat,mehtatsevarlik kabi insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
jihozi:Ko’chirma gapli qo’shma gaplar haqida ko’rgazma,badiiy asarlar,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.209-mashq-uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Aqliy hujum:
1.Ko’chirma gapli qo’shma gaplarga ta’rif bering.
2.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar tuzilishi haqida so’zlang.
3.Ko’chirma gapli qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishini misollar orqali izohlang.
4.Ko’chirma gaplar qanday yo’llar orqali o’zlashtirma gapga aylantiriladi?
5.O’zlashtirma gaplarga ta’rif bering.
I.1-topshiriq:O’zlashtirma va ko’chirma gapni aniqlang.
1.Do’stimga dedim:”Senga sir emaski,gul bebaho,guliston bevafodir”-M.g:”K.g”.
2-topshiriq:Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantiring:
Amir Temur o’g’lini Tabrizdan Samarqandga jo’natayotganda shunday nasihat qilgan edi:”El-yurtning mushkulin oson qilgin,adolatli yo’l tutgin,savob ishlar qilib,ko’pchilikning duosini olgin!”-ko’chirma gap;
Amir Temur o’g’lini Tabrizdan Samarqandga jo’natayotganda o’g’lidan el-yurt mushkulini oson qilishini,adolatli yo’l tutishini,savob ishlar qilib,ko’pchilikning duosini olishini nasihat qiladi.-o’zlashtirma gap;
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.3-topshiriq:O’yin:
Topqirlar” guruhi ko’chirma gapli qo’shma gap hosil qiladi,”Zikkolar”guruhi uni o’zlastirma gapga aylantiradi.


Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin