Tartib raqam Sinf Sana


I.1-topshiriq.Gapning sodda yoki qo’shma gap ekanligini aniqlang. Ukalarim bezovta bo’lmasin deb



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə34/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

I.1-topshiriq.Gapning sodda yoki qo’shma gap ekanligini aniqlang.
Ukalarim bezovta bo’lmasin deb,To’ng’ich botir to’qayning bir chekkasiga qochdi-qo’shma gap;
3-topshiriq.Deb so’zini uchun ko’makchisi bilan almashtiring.
Ukalari bezovta bo’lmasin uchun To’ng’ich botir to’qayning bir chekkasiga qochdi-sodda gap;
II.Bilib oling:Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini ,sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’pincha deb so’zi yodamida bog’lanadi.Ergash gapning kesimi buyruq va shart maylidagi,shuningdek,kelasi zamon fe’llari bilan ifofalanganda ,asosan,maqsad ma’nosi,o’tgan zamon fe’lllari bilan ifodalanganda esa ko’proq sabab ma’nosi ifodalanadi.
114-mashq:Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani toping va gap ma’nosini izohlang.
1.Gul barglari uchishadi,Tushmayin deb qo’lingga-sabab ma’nosi ifodalangan;
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.115-116-mashqlar ustida ishlash:
116-mashq:Rasmga qarab,matn tuzing.Qo’shma gaplardan foydalaning.
Bozor taassurotlari
Yakshanba kuni otam ,onam va men birgalikda dehqon bozoriga bordik.Dehqon bozoridagi rastalar noz-u ne’matlarga to’la,ko’rib ko’zing quvnaydi.Xalqimiz farovon yashasin deb,Yurtboshimiz bozorlarimiz fayzi va ko’rkiga alohida e’tibor qaratganlar…
Ota-onam farzandlarim sog’lom va barkamol bo’lib o’ssin deb,vitaminlarga boy noz-u ne’matlardan xarid qildilar…
II.savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi

1.Deb so’zi qaysi gap tarkibida keladi?


A.Bosh gap B.Ergash gap
C.Bosh va ergash gap D.Gap boshida
2.Ergash gapning kesimi buyruq vas hart maylida,kelasi zamon shaklida kelsa gapda qanday ma’no ifodalanadi?
A.Maqsad B.Sabab
C.Natija D.Ishonch
3.Ergash gapning kesimi qaysi shaklda bo’lganda gapda sabab ma’nosi ifodalanadi?
A.Kelasi zamonda B.Buyruq maylida
C.Shart maylida D.O’tgan zamonda
4.Deb so’zi qaysi ko’makchi bilanalmashtirilganda qo’shma gap sodda gapga aylanadi?
A.Tomon B.Bilan C.Uchun D.Qarab
5.Uyga vazifalarimning barchasiga ulguray deb,Saida topshiriqlarni bajarishga ertaroq kirishdi.
Gapning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang.
A.Sodda gap
B.Ergashgan qo’shma gap
C.Bog’lovchisiz n qo’shma gap
D.Bog’langan qo’shma gap

Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin