Tartib raqam Sinf Sana



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə42/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









______________

2







3







4







5








Darsning mavzusi:Ergashgan qo’shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchilardai ergashgan qo’shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi yuzasidan bilim va tushunchalar berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar izzat-hurmat,mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash;;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Ergashgan qo’shma gap haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.132-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq.Qo’shma gaplar tarkibidagi bosh gaplar tarkibidan ko’rsatish olmoshlarini toping:
1.Shuni sezdimki,oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan.
2-topshiriq:Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi o’rniga qo’yib,qo’shma gapni sodda gapga aylantiring.
Kim oldin musht ko’tarsa,u ojiz bo’ladi.-Oldin musht ko’targan ojiz bo’ladi.
II.Bilib oling:Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan wrgashgan qo’shma gaplar tegishli sodda gap’ar bilan ma’nodosh bo’la oladi.Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin….
133-mashq:Gaplarni sodda gapga aylantiring:
1.Siz kimga ishonch bildirsangiz,men uni sherik qilib olishim mumkin.-Men siz ishonch bilirgan kishini sherik qilib olishim mumkin.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.134-136-mahqlar ustida ishlash.
136-mashq:Qo’shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
1.Haqiqat shunday jonki,pardoz uning husnini buzadi.-Haqiqat pardozning husnini buzadigan jon.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
1.Maktabni tugatganimdan so’ng o’zim xohlagan soha bo’yicha o’qishni davom ettirmoqchiman.Gap tuzilishiga ko’ra qanday gap?
A.Sodda gap
B.Ergashgan qo’shma gap
C.Bog’lovchisiz qo’shma gap
D.Bog’langan qo’shma gap

2.Ma’nodoshlik nima?


A.Yozilishi va aytilishi bir xil bo’lgan so’zlar
B.Aytilishi har xil,ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar
C.Ma’nosi bir-biriga zid so’zlar
D.Ayrim tovushlari bilan farqlanuvchi so’zlar
3.Gaplar o’rtasidagi ma’nodoshlik qanday hodisa sanaladi?
A.Leksik sinonimiya B.Frazeologik sinonimiya
C.Morgologik sinonimiya D.Grammatik sinonimiya
4.Havo ochiq,shuning uchun qalblar ham nurafshon.Bu gapning sodda gap ma’nodoshini toping.
A.Havo ochiq va qalblar ham nurafshon.
B.Havo ochiq bo’lganligi uchun qalblar ham nurafshon.
C.Havo ochiq,qalblar nurafshon.
D.Havo ochiq bo’lsa,qalblar ham nurafshon.
5.Ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni toping:
A.Mardlar doimo yurtga qalqon bo’lganlari uchun yurt doimo tinch va farovon.
B.Mardlar yurtga qalqon bo’lsa,yurt doimo tinch va farovon bo’ladi.
C.Mardlar yurtga qalqon va yurt doimo tinch va farovon.
D.Mardlar yurtga qalqon,yurt doimo tinch va farovon.

Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin