Darsning mustahkamlash bosqichida: I.134-136-mahqlar ustida ishlash. 136-mashq:Qo’shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
1.Haqiqat shunday jonki,pardoz uning husnini buzadi.-Haqiqat pardozning husnini buzadigan jon.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
1.Maktabni tugatganimdan so’ng o’zim xohlagan soha bo’yicha o’qishni davom ettirmoqchiman.Gap tuzilishiga ko’ra qanday gap?
A.Sodda gap
B.Ergashgan qo’shma gap
C.Bog’lovchisiz qo’shma gap
D.Bog’langan qo’shma gap
2.Ma’nodoshlik nima?
A.Yozilishi va aytilishi bir xil bo’lgan so’zlar
B.Aytilishi har xil,ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar
C.Ma’nosi bir-biriga zid so’zlar
D.Ayrim tovushlari bilan farqlanuvchi so’zlar
3.Gaplar o’rtasidagi ma’nodoshlik qanday hodisa sanaladi?
A.Leksik sinonimiya B.Frazeologik sinonimiya
C.Morgologik sinonimiya D.Grammatik sinonimiya
4.Havo ochiq,shuning uchun qalblar ham nurafshon.Bu gapning sodda gap ma’nodoshini toping.
A.Havo ochiq va qalblar ham nurafshon.
B.Havo ochiq bo’lganligi uchun qalblar ham nurafshon.
C.Havo ochiq,qalblar nurafshon.
D.Havo ochiq bo’lsa,qalblar ham nurafshon.
5.Ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni toping:
A.Mardlar doimo yurtga qalqon bo’lganlari uchun yurt doimo tinch va farovon.
B.Mardlar yurtga qalqon bo’lsa,yurt doimo tinch va farovon bo’ladi.
C.Mardlar yurtga qalqon va yurt doimo tinch va farovon.
D.Mardlar yurtga qalqon,yurt doimo tinch va farovon.
Javoblar:1.A 2.B 3. D 4.B 5.B Uyga vazfa:137-mashq.Korsatish olmoshili ergashgan qo’shma gaplarga misol yozing va gapdagi vazifasini toping.. 1.Shuni unutmangki,ilm har joyda sizga as qotadi.-To’ldiruvchi 2.Shunday qilingki,bu ishdan hech kim ziyon ko’rmasin.-Aniqlovchi O’quvchilar bilimini baholash.