O’quvchilar bilimini baholash.
Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
Mavzu:So’zlashuv uslubi
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-o’quvchilarda so’zlashuv uslubi,uning o’ziga xos jihatlari haqida bilim va tushunchalar berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ular,o’zaro hurmat,-mehr-muhabbat fazilatlarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashini takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini o’stirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Nutq uslublari haqida ko’rgazma,tarqatmalar;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.214-mashq-uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I..1-,2-topshiriq:Matnni o’qish va matn qaysi uslubga xosligini ayting:
-Birontasini ko’rsatsangiz o’lasizmi?hammaning yuragini qon qildingiz-u.
-Yaxshi xat yozsa ham yig’laysan,yomon xat yozsa ham yig’laysan,nima qilaman ko’rsati?-So’zlashuv uslubi ga xos matn.
II.Bilib oling:Oilada,ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashshi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi.So’zlashuv uslubi badiiy va oddi so’zlashuv uslubini o’z ichiga oladi.
Adabiy me’yorlariga qat’iy amal qilingan so’zlashuv uslubi badiiy so’zlashuv uslubi,bunday xususiyatga ega bo’lmagan so’zlashuv uslubi esa oddiy so’zlashuv uslubi sanaladi.
So’zlashuv uslubining har ikkala turi ko’pincha dialog shaklida ro’yobga chiqadi.Ikki shaxsning o’zaro so’zlashuvi dialogic nutq sanaladi.
So’zlashuv uslubiga so’zlarko’pincha kinoya,piching,qochirimlarga boy bo’ladi.Bu uslubga yana bir o’ziga xos xususiyati-erkinlik.
215-mashq:Matn qaysi uslubga xos?
-Badbaxt ,fitna !Qo’yasanmi,qo’ymaysanmi,axir?”Hidbul vatani minalimon” deganlar.-“Vatanni sevish iymondandir”,axir….-So’zlashuv uslubi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.216-218-mashqlar ustida ishlash:
217-mashq:Matnning qaysi uslubga xosligini ayting:
-Turing,Nazira buvi!Turing To’xtabuvinikiga chiqamiz.
-A?Nimaga?
-To’xtabuvinikiga chiqamiz.rais kelibdi.
-Rais?...
Matn oddi so’zlashuv uslubiga xos.
III.O’yin:1-guruh badiiy so’zlashuv uslubiga;2-guruh-oddiy so’zlashuv uslubiga gaplar tuzadi.
IV.Test sinovi
1 Oilada,ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashshi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi
A.Og’zaki uslub B.Badiiy uslub C.So’zlashuv uslubi D.Oddiy uslub
2.So’zlashuv uslubi qanday turlarga bo’linadi?
A.Oddiy va badiiy B.Oddiy va publisistik
C.O’g’zaki vayozma D.Adabiy va oddiy
3 Adabiy me’yorlariga qat’iy amal qilingan so’zlashuv uslubi.
A.Oddiy so’zlashuv uslubi B.Badiiy so’zlashuv uslubi
C.Adabiy so’zlashuv uslubi D.Nutqiy uslub
4. So’zlashuv uslubiga xos xususiyatlar:
A.Kinoya,piching ,qochirma B.Erkinlik
C.Soddalik,tushunarlilik,ta’sirchanlik D.A va B javoblar
5.So’zlashuv uslubiga xos gap berilgan qatorni toping.
A.Bahor keldi,gullar oschildi.
B.Yet tortish kuchiga ega.
C.Axmoq bo’lmasang,shu ishni bemaslahat qilasanmi?
D.Vodiylarni yayov kezganda,Bir ajib hs bor edi manda.
Javoblar:1.C 2.D 3.C 4.D 5.C
Uyga vazifa:219-mashq.”Do’stlar davrasida”mavzusida matn tuzing.So’zlashuv
Uslubiga xos muhim belgilar haqida fikr yuriting.
Do’stlar davrasida
-Bilasizlarmi,do’stlar,kecha kallamga zo’r bir fikr keldi?
-Xo’sh,qanday fikr kelibdi?Biz ham eshitaylik-chi?
-Uchalamiz bir bo’lib,bir ish ochsak,ishimiz o’ngidan kelarmidi?Axir bitta kalla-kalla,a ikkita kalla…
-Qayerdan bugun bu qovoq kallaga bu fikr kelibdi?Bugun deyman oftob g’arbdan chiqibdimi?
-Ha,yana mayna qillaring,hech o’zi mening fikrim senlarga yoqqanmi?
-Mayli ,bo’ldi-boldi,darrov qiz bolaga o’xshab arazlama,qani rejalaringni ayt-chi?...
Dostları ilə paylaş: |