Tasdiqlash haqida


-bob. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari hamda mehnatga layoqatsizlik



Yüklə 382,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü382,9 Kb.
#168363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2667-сон 17.04.2015

9-bob. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari hamda mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomalarini rasmiylashtirish
48. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari mazkur Yo‘riqnomaning
 1-ilovasiga 
muvofiq shaklda
rasmiylashtiriladi.
Mastlik holati bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (094\x shakl) mazkur
Yo‘riqnomaning
2-ilovasiga
, ta’lim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomasi (095\x shakl) 
3-ilovasiga
, bemor bolani parvarishlash uchun mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) 
4-ilovasiga 
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Ushbu
Yo‘riqnomaning 
2-bandida 
nazarda tutilgan boshqa holatlar bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomalari tibbiy hujjatlar asosida erkin shaklda beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
49. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari pasport
yoki identifikatsiya ID-kartasi asosida, tuzatish va qisqartirishlarsiz, ko‘k yoki qora rangli ruchkada
rasmiylashtiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
50. “Yakuniy tashxis” satrida mehnatga vaqtincha layoqatsizlikka sabab bo‘luvchi kasallik
sindrom va simptomlarsiz ko‘rsatilishi lozim.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi blankasining yuqori o‘ng qismida “Vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik bo‘yicha hisobot” shaklining satr raqamiga mos keladigan shifr qo‘yiladi.
“Tartib” satrida bemor davolanayotgan tegishli tartib (ambulator, statsionar, sanator va
boshqa) ko‘rsatiladi.
“Tartibning buzilishi” satrida belgilangan tartib buzilganligi (qabulga belgilangan vaqtda
kelmaslik, mastlik, man etilgan ishni bajarish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida ruxsatsiz
boshqa joyga jo‘nab ketish yoki ishga chiqish va boshqalar) haqidagi ma’lumotlar, tartibning
buzilishining sababi va sanasi qayd qilinadi.
Mehnatga vaqtincha layoqatsizligi davom etayotgan bemor shifokor tomonidan
belgilangan muddatda uning qabuliga kelmasa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi o‘tkazib yuborilgan kunlar hisobga olinmagan holda
murojaat qilgan kundan uzaytiriladi.
Bemor shifokor qabuliga kelmagan kunlarda uning mehnat qobiliyati tiklangan bo‘lsa,
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi u qabulga kelgan
sana bilan yopiladi.
51. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining
ruxsati bilan berilgan hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan birinchi
kundan “Bosh shifokor imzosi” satri bosh shifokor tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik davri davom etganda “Davomi berildi” satrida yangi
mehnatga layoqatsizlik varaqasining raqami va seriyasi ko‘rsatiladi, yangi mehnatga layoqatsizlik
varaqasida esa “Davomi” degan so‘zning tagi chizib qo‘yiladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasida davolash-profilaktika muassasasining muhri ikki marta:
mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilganda yuqori o‘ng burchagiga, yopilganda esa, pastki o‘ng
burchagiga qo‘yiladi.
52. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi
yo‘qolganda ular taqdim etiladigan tashkilotning so‘roviga asosan bosh shifokor yoki bosh
shifokor o‘rinbosari ruxsati bilan uning dublikati beriladi. Dublikatda u berilgan sana, yuqori o‘ng
burchagida “dublikat” yozuvi ko‘rsatiladi hamda shifokor, bo‘lim mudiri tomonidan imzolanib,
davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Dublikatning “Ishdan ozod qilish” satrida mehnatga layoqatsizlikning barcha davri bir
satrda to‘ldiriladi.


53. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining
rekvizitlari bolaning rivojlanish tarixida, bemorning kasallik tarixida hamda mehnatga
layoqatsizlik varaqalarini ro‘yxatga olish va vrachlik maslahat komissiyasi xulosalarini qayd qilish
kitobida qayd etiladi.

Yüklə 382,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin