Tasdiqlash haqida


-bob. Oilaning betob a’zosini parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari



Yüklə 382,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix28.11.2023
ölçüsü382,9 Kb.
#168363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2667-сон 17.04.2015

4-bob. Oilaning betob a’zosini parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari
va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berish
31. Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan o‘n to‘rt yoshdan katta bemorni
parvarishlash uchun yetti kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik
varaqasi beriladi.
Ushbu holatda mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor bilan birga yashash yoki
yashamasligi hamda mehnat ta’tilida ekanligidan qat’i nazar, bemorning oila a’zolari yoki
qarindoshlaridan biriga beriladi.
32. Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan o‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor
bolani parvarishlash uchun uning onasiga o‘n to‘rt kalendar kunidan oshmagan muddatga
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Ona bo‘lmagan yoki betob bo‘lganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor bilan birga
yashash yoki yashamasligidan qat’i nazar, boshqa oila a’zolariga beriladi.
33. Ambulatoriya sharoitida o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga muhtojlik
davri o‘n to‘rt kalendar kunidan oshganda bola sog‘aygan yoki surunkali kasallikning remissiya
davriga o‘tganga qadar bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomasi (138\x shakl) beriladi.
Ushbu holatda bolaning oldingi kasalligiga bog‘liq bo‘lmagan yangi kasallik yuzaga kelsa
yoki oilaning boshqa farzandi kasal bo‘lib qolsa, umumiy asoslarda mehnatga layoqatsizlik
varaqasi rasmiylashtiriladi.
34. Bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani
parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) bola
statsionarga qabul qilingan kundan yopiladi. Agarda bola statsionardan chiqqandan keyin
uning parvarishga muhtojligi davom etsa, statsionarga qabul qilingan kunga qadar berilgan
mehnatga layoqatsizlik varaqasining kunlari chegirilgan holda mehnatga layoqatsizlik varaqasi


yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x
shakl) beriladi.
35. Oilada bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bola kasallikka
chalinsa, ularni ambulatoriya sharoitida parvarish qilish bo‘yicha bitta mehnatga layoqatsizlik
varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi
(138\x shakl) beriladi.
Oilada ikki va undan ortiq o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bola navbatma-navbat kasallikka
chalinsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) ularning har biri bo‘yicha alohida beriladi.
Agar birinchi bolaning kasalligi davrida boshqa bola kasallikka chalinsa, keyingi bolani
parvarish qilish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi birinchi bola uchun berilgan
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilganidan keyin, ushbu varaqa bo‘yicha mos tushgan kunlar
chiqarib tashlangan holda beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
36. Ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs kasal bo‘lganda yoki boshqa farzandi bilan
statsionarda bo‘lganda uch yoshga to‘lmagan sog‘lom bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan
nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash uchun qarindoshlariga hududiy poliklinikasi vrachlik
maslahat komissiyasi tomonidan ona bo‘lmagan muddat uchun bir yo‘la o‘n to‘rt kungacha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 6-dekabrdagi 104-sonli
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2667-1, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
25.12.2019-y., 10/19/2667-1/4230-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
37. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin
davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga karantin
belgilangan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi
beriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
38. Statsionar sharoitda uch yoshga to‘lmagan bolani parvarishlash uchun qarovni
ta’minlaydigan shaxsga davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Statsionarda davolanish vaqtida bolaning kasalligi og‘ir kechgan hollarda davolovchi
shifokor hamda bo‘lim mudirining bemor bola qo‘shimcha parvarishga muhtojligi to‘g‘risidagi
xulosasiga asosan, ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga qarovni ta’minlash uchun
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
OIV infeksiyasini yuqtirgan bolaning ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga
bola shifoxonada yotgan barcha davr uchun bir yo‘la mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
39. Oilaning betob a’zosini parvarishlash bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodim
mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda ham umumiy asosda beriladi.

Yüklə 382,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin