sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik davri kasallik
aniqlangan kundan boshlab kamida o‘n oyni tashkil qilsa;
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan —
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida
olti oyni tashkil qilsa.
Oldingi
tahrirga qarang.
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek
noxush klinik prognozli
bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert
komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish
to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-
iyuldagi 9-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/2667-3/0675-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
23. Ishlaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik
varaqasi kasallik
uzluksiz kechganda ikki oygacha, tanaffus bilan kechganda o‘n ikki oy mobaynida jami uch
oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 6-
dekabrdagi 104-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-1, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2667-1/4230-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-
apreldagi 170-son “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat
qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”gi
qaroriga
asosan, ishlovchi Chernobil AESdagi
halokat oqibatini bartaraf etish bilan bog‘liq holda nogiron bo‘lganlarga mehnatga layoqatsizlik
varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi uzluksiz to‘rt oygacha, tanaffus bilan o‘n
ikki oy mobaynida jami besh oygacha beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
24. Bemor TIEKga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasining muddati bemor TIEKga
yuborilgan kundan boshlab
to‘xtatiladi. Mazkur bemorlar hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta
muddatda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
TIEK tomonidan nogironlik belgilanmagan, lekin vaqtincha
mehnatga layoqatsiz deb
topilgan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi
tomonidan bemorning hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab uning mehnat
qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
25. Chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik
to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim
qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi
asoslarni inobatga olib, bemorning yashash
yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan
mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
26. O‘zbekiston Respublikasida ishlaydigan yoki o‘qiydigan chet el fuqarolariga mehnatga
layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi umumiy asosda beriladi.
Ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan chet el fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatilganda, ularga
davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va
muhrlangan kasallik tarixi
yoki ambulator kartadan batafsil ko‘chirma beriladi.
Dostları ilə paylaş: