7-bob. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish 43. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtincha
yo‘qotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega
bo‘lsa, unga vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 218-moddasiga asosan ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga mehnatga
layoqatsizlik varaqasi beriladi.
44. Chernobil AES halokatidan ziyon ko‘rgan mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan
shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lsa, vrachlik
maslahat komissiyasi tomonidan bemorning ish qobiliyati tiklangan yoki nogironlik belgilangan
kungacha bo‘lgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
8-bob. Karantinda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish 45. Bajarayotgan ishining xususiyatiga ko‘ra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini
tug‘diradigan shaxslar ishdan chetlashtirilib, ish beruvchi tomonidan mumkin bo‘lgan ish bilan
ta’minlanmaganda, davolanish davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 46. Bajarayotgan ishining xususiyatiga ko‘ra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish
xavfini tug‘diradigan shaxslar ishdan chetlashtirilganda yoki atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan
yuqumli va parazitar kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga, parazitar kasalliklar bilan zararlangan
deb gumon qilinishi munosabati bilan tibbiyot muassasasida karantinga olingan shaxslarga
mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga tegishli davolash-profilaktika
muassasasi tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Yuqumli, parazitar kasalliklar bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi
munosabati bilan vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada karantinga
olingan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmatining hududiy bo‘linmalari epidemiologi yoki sanitar vrachi tomonidan beriladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2- iyuldagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/2667-3/0675-son) Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga hamda karantinga olingan shaxslarning 14
yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi
karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 11-maydagi 117-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2667-2, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/2667-2/0765-son) Oldingi tahrirga qarang. 47. Karantin davrida mazkur Yo‘riknomaning
46-bandida
nazarda tutilgan shaxslar
tomonidan mehnatga layokatsizlik varaqasi ish beruvchiga elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 11-maydagi 117-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2667-2, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/2667-2/0765-son)