Tasdiqlash haqida


-bob. Protez qo‘ydirganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish



Yüklə 382,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü382,9 Kb.
#168363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2667-сон 17.04.2015

5-bob. Protez qo‘ydirganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
40. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi bo‘lgan
shaxslarni reabilititsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida protez qo‘ydirgan shaxslarga
bemorning markazda bo‘lgan barcha davri uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
6-bob. Sanatoriy-kurortda davolanganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Oldingi
 tahrirga qarang.


41. 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va urushdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga,
sobiq baynalminalchi jangchilariga, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan
shaxslarga, sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga, shuningdek davolanish va yakka parvarishga
muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi
bo‘lgan bolaga hamroh bo‘lib boradigan ishlovchi ota-onalaridan biriga (vasiyga) vrachlik
maslahat komissiyasi tomonidan sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davriga (borish-
kelish vaqtini hisobga olgan holda) mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
42. Sanatoriy-kurortda davolanish davrida kasallik (jarohat) tufayli vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik yuzaga kelsa, ushbu muassasa shifokorining tavsiyasi asosida sanatoriy joylashgan
hududdagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan vaqtincha layoqatsizlikning barcha
davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Yüklə 382,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin