Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda homiladorlik va
tug‘ish ta’tilini uzaytirish uchun tug‘ruq muassasasi tomonidan yana o‘n to‘rt
kalendar kuniga
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
28. Homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan ilgari tug‘ish holatlarida mehnatga layoqatsizlik
varaqasi tug‘ruq muassasasi tomonidan bola tug‘ilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarga
beriladi:
bola tirik tug‘ilganda — bir yuz yigirma olti kalendar kunga;
bola o‘lik tug‘ilgan yoki tug‘ruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud bo‘lganda —
yetmish kalendar kunga.
Homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan keyin murojaat qilinganda tug‘ishga qadar necha
kun qolganidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan to‘liq bir
yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.
29. Tug‘ish vaqtida yoki tug‘ishdan keyingi davrda ona vafot etgan kundan boshlab,
tug‘ilgan bolani (bolalarni) parvarish qiluvchi shaxsga, bola tug‘ilgan kunidan e’tiboran ellik olti
kalendar kuni, ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilganda yetmish
kalendar kunigacha hududiy
ambulator poliklinikasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Bevosita tug‘ruq muassasasi yoki boshqa muassasadan yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka
olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga bola farzandlikka olingan (vasiylik
belgilangan) kundan boshlab bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kungacha, ikki
yoki undan ortiq bola asrab olingan taqdirda esa, yetmish
kalendar kungacha hududiy
ambulator poliklinika tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi
saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun
mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
30. Davolash-profilaktika muassasasida homila sun’iy
tushirilganda, shuningdek homila
tushganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi mehnatga layoqatsizlikning butun davriga beriladi.
Dostları ilə paylaş: