Tasdiqlash haqida


A. MOLIYAVIY NATIJALARNI ShAKLLANTIRISh



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

A. MOLIYAVIY NATIJALARNI ShAKLLANTIRISh
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va
to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun
uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari
bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
bunda,
YaF — yalpi foyda;
SST — sotishdan olingan sof tushum;
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr
xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus
boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi
plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;


— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus
favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi,
o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va
to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
(beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
DS — foydadan to‘lanadigan soliq;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
BS — boshqa soliqlar va to‘lovlar.

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin