Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun


Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə69/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi. Antivirus dasturiy vositasi kompyuterni himoyalashda amalga oshirilish kerak bo’lgan zaruriy shart sifatida qaraladi. Umuman olganda, antivirus kompyuter uchun zararli dasturlarni skanerlash, himoya qilish, karantin holatiga tushurish va boshqa amallarni bajaradi. Antivirus dasturiy vositalarini CD-disklardan va Internet tarmog’idan foydalangan holda o’rnatish mumkin. Antivirus dasturiy vositalari bir biridan ko’plab o’ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, Internet tarmog’idan foydalanganda reklamalarni bloklash, Internet tarmog’idan kirib keluvchi zararli dasturlarni bloklash va hak. Biroq, foydalanuvchilar to’liq antivirus dasturiy vositalarining imkoniyatilarigi ishonib qolmasliklari kerak.
Viruslarni doimiy aniqlash uchun antivirus dasturiy vositalari eng yangi va yangilangan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan na’munaviy fayllarga muxtoj. Biroq, antivirus ishlab chiqaruvchilar yangi virus uchun na’munaviy fayllar yaratguncha virus ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta hajmdagi yangi viruslar yaratiladi. Bu esa, yangi virus uchun vaksinani tayyorlash yetarlicha ko’p vaqtni talab qiladi.
Bundan tashqari, antivirus dasturi Rootkit tipidagi zararli dasturlarni aniqlashda foydasi tegmasligi mumkin. Rootkit tipidagi zararli dasturlar kompyuter operasion tizimining markaziga hujum qilishni maqsad qiladi.
Antivirus dasturiy vositalarini sifatini baholash omillari. Antivirus dasturiy vositalarini quyidagi omillarga ko’ra baholanishi mumkin:

  • ishonchlik va foydalanishdagi qulaylik – antivirus dasturiy vositasini “qotib qolishi” va foydalanish uchun turli tayyorganlikni talab etmasligi;

  • barcha keng tarqalgan viruslarni sifatli aniqlash, hujjat fayllari/ jadvallari (MS Word, Excel), paketlangan, arxivlangan fayllarni skanerlash va zararlangan obyektlarni davolash qobilyati;

  • barcha mashhur platformalar uchun mavjudligi (DOS, Windows NT, Novell NetWare, OS/2, Alpha, Linux va boshq), talab bo’yicha va tezkor skanerlash rejimlarining mavjudligi;

  • ishlash tezligi va boshqa xususiyatlari.

Profilaktik choralar. Viruslar va virus yuqtirilgan fayllarni o’z vaqtida aniqlash, aniqlangan viruslarni har bir kompyuterda to’liq yo’q qilish virus epidemiyasini boshqa kompyuterlarga tarqalishini oldini olish mumkin. Har qanday virusni aniqlaydigan va yo’q qilishni kafolatlaydigan mutlaqo ishonchli dasturlar mavjud emas. Kompyuter viruslariga qarshi kurashishning muhim usuli bu o’z vaqtida profilaktika qilishdir. Virusdan zararlanish ehtimolini sezilarli darajada
kamaytirish va disklarda ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun quyidagi profilaktik choralar ko’rilishi kerak:

      • faqat lisenziyali dasturiy ta’minotdan foydalanish;

      • kompyuterni zamonaviy antivirus dasturiy vositasi bilan ta’minlash va uni doimiy yangilab borish;

      • boshqa komyuterda yozib olingan ma’lumotlarni o’qishdan oldin har bir saqlagichni antivirus tekshiruvidan o’tkazish;

      • arxivlangan fayllarni ajratgandan so’ng skanerlashni amalga oshirish;

      • kompyuter disklarini takroriy antivirus dasturlari tekshiruvidan o’tkazish;

      • kompyuter tarmoqlaridan olingan barcha bajariladigan fayllarni kirish nazorati uchun antivirus dasturidan foydalanish.

Antivirus dasturiy komplekslari. Har bir antivirus dasturiy vositalarining o’ziga xos bo’lgan afzallik va kamchiliklarga ega. Faqat bir nechta antivirus dasturiy vositalaridan kompleks foydalanish to’liq himoyani ta’minlishi mumkin. Amalda ko’plab antivirus dasturiy vositalari mavjud bo’lib, ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin [6] (14-jadval).

  1. jadval

Turli antivirus dasturlarining xususiyatlari



Mahsulot



McAfee AntiVirus Plus

Semantec Norton AntiVirus Plus

Kaspersky Anti- Virus

Bitdefender Antivirus Plus

Webroot SecureAnywhere Antivirus

Eset Nod32 Antivirus



Trend Micro Antivirus+ Security

F-secure Anti- Virus





VoodooSoft VoodooShield

The Kure































Eng quyi narxi

19.99$

19.99$

29.99$

29.99$

18.99$

27.99$

29.95$

39.99$

19.99$

19.99$

Talabga ko’ra
skanerlash

+

+

+

+

+

+

+

+

-

-

Doimiy skanerlash

+

+

+

+

+

+

+

+

+

-

Veb saytni
baholash

+

+

+

-

+

-

+

-

-

-

Zararli URL ni
bloklash

+

+

+

+

+

+

+

+

-

-

Fishingdan himoya

+

+

+

+

+

+

+

-

-

-

Xususiyatga
ko’ra aniqlash

+

+

+

+

+

+

+

+

+

-

Zaifliklarni
skanerlash

+

-

+

+

-

-

-

-

-

-


Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin