Nazorat savollari
Dasturiy mahsulotlarda xafsizlik ta’minlanishini muhimligini ko’rsatuvchi misollar keltiring?
Dasturiy mahsulotlarda xavfsizlik muammolarining kelib chiqish sabablarini ayting?
Nuqson, bag, xotirani to’lib toshishi tushunchalariga izoh bering?
Dasturiy vosita xavfsizligini fundamental prinsiplarini ayting va ularga tushuntirish bering?
Dasturiy vositalarga qo’yilgan talablar va ularga misollar ayting?
Dasturiy vositalarga qo’yilgan xavfsizlik talablariga misollar ayting?
Dasturiy vositalar xavfsizligini ta’minlashda dasturlash tillarining o’rnini tushuntiring?
Xavfsiz va xavfsiz bo’lmagan dasturlash tillariga misollar keltiring?
Zararli dasturlar nima va ularning asosiy turlarini sanang?
Kompyuter viruslari nima va ularga misollar ayting?
Zararli dasturiy vositalardan himoyalanish usullari va vositalari haqida ma’lumot bering?
Antivirus dasturiy vositalarini tanlashdagi talablar va ularga misollar keltiring.
24-Ma’ruza mashg’ulot.
Mavzu: Tizim arxitektruasi. Risklarni boshqarish.
Reja.
Tizimlarning umumiy arxitekturasi
Risklarni boshqarish
Boshqa sohalarda bo’lgani kabi kiberxavfsizlik sohasida ham tizim va tizim arxitekturasi tushunchasi tez-tez ishlatilib, bunda matn konteksti bir – biridan farq qiladi. Shu sababli, ushbu bo’limda tizim arxitekturasi tushunchasi bilan tanishib chiqiladi.
Tizim arxitekturasi yoki tizimlarning arxitekturasi – bu tizimning tuzilishi, o’ziga xos xususiyatlari va boshqa qarashlarini belgilaydigan konseptual model.
Tizimlar arxitekturasi - bu murakkab tizimlarni tavsiflash va loyihalashda konseptual va amaliy qiyinchiliklarga yechimdir.
Arxitektura - bu tizimning tuzilishi va hatti-harakatlari to’g’risida fikr yuritishni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan tizimning rasmiy tavsifi.
Tizim arxitekturasi butun tizimni amalga oshirishda birgalikda ishlaydigan tizim tarkibiy qismlaridan va ishlab chiqilgan qismtizimlardan iborat bo’lishi mumkin. Tizim arxitekturasini tavsiflash uchun olib borilgan harakatlar arxitekturani tavsiflash tillari deb nomlanadi.
Turli tashkilotlar tizim arxitekturasini turli yo’llar bilan aniqlashi mumkin, xususan:
tizimning fundamental tashkil etilish, uning tarkibiy qismlari, ularning bir- biriga va muhitga bo’lgan munosabati, uning dizayni va evolyusiyasini boshqaruvchi tamoillar;
tizimning tavsifi, shu jumladan, apparat va dasturiy komponentlarning funksional imkoniyatlari xaritasi, dasturiy ta’minot arxitekturasining apparat arxitektura xaritasi va insonning ushbu komponentlar bilan o’zaro aloqasi;
funksional arxitektura talablari va bazaviy talablarni qondirish uchun mo’ljallangan istemolchi mahsuloti yoki hayotiy sikl uchun dizayn yechimini ta’minlaydigan fizik elementlarning ajratilgan joylashuvi;
arxitektura eng muhim, keng tarqalgan, yuqori darajadagi, strategik ixtirolar, qarorlar va ularning umumiy asoslari (ya’ni, muhim elementlari va ularning o’zaro aloqalari) va ular bilan bog’liq xususiyatlardan iborat;
kompyuter tizimining dizayni va tarkibining tavsifi bo’lib, agar u hujjatlashtirilgan bo’lsa, unda joriy apparat, dasturiy ta’minot va tarmoq imkoniyatlarining batafsil ro’yxatidan iborat ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli rejalar va kelajakdagi xaridlarning ustuvorligi, shuningdek, eski uskuna va dasturiy ta’minotni yangilash va/ yoki almashtirish rejasining tavsifi;
tizimning rasmiy tavsifi yoki uning amalga oshirilishini boshqarish uchun komponentlar darajasida tizimning batafsil rejasi;
mahsulot va ularning hayotiy jarayonlari uchun mo’ljallangan dizayn memorchiligining kompozisiyasi;
komponentlarning tuzulishi, ularning o’zaro bog’liqligi va vaqt o’tishi bilan ularning dizayni va evolyusiyasini boshqaruvchi prinsiplar va ko’rsatmalar.
Tizim arxitekturasini mavjud (yoki kelajakdagi) tizimning tasvirlar to’plami sifatida o’ylash mumkin. Ushbu tasvirlar dastlab umumiy, yuqori darajadagi funksional tashkilotni tavsiflaydi va shundan so’ng batafsil va aniq tavsilotlarga o’tiladi.
Tizim arxitekturasi tizimdan tashkil topgan elementlarning axborot tarkibini, ushbu elementlar o’rtasidagi munosabatlar va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni yetkazadi.
Tizim arxitekturalarining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
qurilma arxitekturasi;
dasturiy ta’minot arxitekturasi;
korxona arxitekturasi;
hamkor tizimlar arxitekturasi (Internet, aqlli transport tizimlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari kabi);
ishlab chiqarish tizimlari arxitekturasi;
strategik tizimlar arxitekturasi.
Tizimlar arxitekturasi quyidagi 9 ta fundamental prinsipga asoslanadi:
Q
Haqiqat obyektlari tizim sifatida modellashtiriladi (ya’ni, funksiyani bajaradigan va uning perimetri kirish, chiqish va ichki holat bilan belgilangan quti). Masalan, mobil telefon - bu ovoz va tugmalar orqali kiritish hamda ovoz va displey orqali chiqarish tizimi hisoblanadi. Bundan tashqari, u yoqilgan va o’chirilgan bo’lishi mumkin. Umuman olganda, telefon qo’ng’iroqlarini amalga oshirishga imkoniyat beradi (80-rasm).
X ... ... Y
80-rasm. Kirish va chiqishga ega tizimlarning umumiy ko’rinishi
Tizim o’zidan kichik bo’lgan tizimlarga qismtizim sifatida bo’linishi mumkin. Masalan, mobil telefon aslida ekran, klaviatura, korpus, mikrafon, karnay va mikrosxemadan iborat. Ammo, telefon bu barcha elementlarning birlashuvidir va ushbu elementlar to’plamidan uni to’liq tushinish qiyin (81-rasm).
81-rasm. Tizim va uning qismtizimlari
Tizim boshqa tizimlar, ya’ni, uning muhiti bilan o’zaro bog’langan bo’lishi mumkin. Masalan, mobil telefon foydalanuvchi, relef (signalni uzatish uchun), reperator (signal bizilganda), yer va boshqalar bilan bog’langan. Ushbu tizimlarning barchasi uning atrof-muhitini tashkil qiladi va ishlab chiqishda hisobga olinadi.
82-rasm. Tizimning boshqa muhitlar bilan bog’liqligi
4
3
2
1
Tizim butun hayotiy sikli davomida ko’rib chiqilishi kerak. Masalan, mobil telefon loyihalashtiriladi, prototiplanadi, sinovdan o’tkaziladi, tasdiqlanadi, ishlab chiqariladi, tarqatiladi, sotiladi, foydalaniladi, ta’mirlanadi va nihoyat qayta ishlanadi. Ushbu bosqichlarning barchasi muhim hisoblanadi (va nafaqat foydalanish vaqtida emas).
S(1)
S(2)
S(3)
S(4)
83-rasm. Tizimlarning umumiy hayotiy sikli
Tizim boshqasiga interfeys orqali ulanishi mumkin. Bu esa ulanish xususiyatlarini modellashtiradi. Masalan, qo’ng’iroq qilganda qulog’imiz telefon bilan bevosita aloqada bo’ladi va shuning uchun, ikki tizim (quloq va telefon) o’rtasida ulanish mavjud. Biroq, bu yerdagi yashirin interfeys bu – havo. Havoning xususiyatlari quloq va telefon o’rtasidagi aloqaga ta’sir qilishi mumkin (masalan, shovqin ko’p bo’lgan holda).
Interfeys
84-rasm. Tizimni boshqa tizimga interfeys orqali bog’lanishi
Tizimni turli abstraksiya darajalariga ko’rib chiqish mumkin va bu faqat tegishli xususiyatlar va xatti-harakatlarni hisobga olishga imkon beradi. Masalan, mobil telefon qurilmasini qo’ng’iroq qiluvchi (va boshqa zamonaviy funksiyalar) qurilma, bir qancha material va elektron komponentlarning birgalikdagi
tuzilish yoki katta hajmdagi atomlarning to’plami deb hisoblaysizmi? Ushbu ko’rinishlarning barchasi haqiqat. Biroq, ular har xil abstraksiya darajasida va ularning mosligi kontekstga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |