Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə71/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Abstraksiya
85-rasm. Tizimni turli abstraksiya darajalaridagi holati


  1. Tizimni bir qancha qatlamlar bo’yicha qarab chiqish mumkin (odatda uchta: ma’nosi, funksiyalari va tarkibi). Masalan, telefon – bu o’z muhiti uchun bir nechta vazifalarni bajarishga mo’ljallangan obyekt ma’nosini berib, qo’ng’iroqlarni amalga oshirish, moda obyekti bo’lish, shaxsiy raqamli yordamchi bo’lishi va boshqalar. Biroq, ushbu topshiriqlarni amalga oshirish uchun ko’plab funksiyalar to’plamiga ega (ekranga ko’rsatish, signalni uzatish, quvvatlash, foydalanuvchi tomonidan kiritilganlarni qidirish, zarur bo’lgan ovoz chiqarish va hak.). Va nihoyat, ushbu funksiyalarning barchasi ushbu funksiyalarni bajarish uchun tashkil qilingan jismoniy komponentlar orqali amalga oshiriladi.

86-rasm. Tizimni turli qatlamlardagi ko’rinishi

  1. Tizim berilgan semantika bilan o’zaro bog’liq bo’lgan modellar orqali tasvirlanishi mumkin (xususiyatlar, tuzilish, holatlar, ma’lumotlar va hak.). Masalan, xususiyatlar nuqtai nazaridan telefon bir metr balandlikdan tushib ketishga chidamli bo’lgan qurilma. Ammo, telefon ham holatini o’zgartiradi: telefon o’chirilgan va yoqish tugmasi bosilganda yoqiladi.



  1. rasm. Tizimning semantik bog’liq bo’lgan modellar orqali tasviri


  1. .
    Tizimga aloqador turli ishtirokchilarga mos keladigan nuqtai nazarlar orqali tizimni tasvirlash mumkin. Masalan, reklama qiluvchilar, dizaynerlar, muhandislar va hak. Bularning barchasi telefonni turlicha tasvirlaydi.






.
88-rasm. Tizimning turlicha ko’rinishi
Yuqorida bayon etilgan arxitektura prinsiplariga asoslangan amalda qator tizimlar mavjud. Quyida ulardan ba’zilari bilan tanishib o’tiladi.
Virtual mashina. Virtual mashina bu – oddiy kompyuter kabi ishlaydigan kompyuter fayli (odatda obraz deb aytiladi) bo’lib, u kompyuterda yana bir kompyuter yaratish imkoniyatini beradi. Boshqa har qanday dastur kabi, u alohida oynada ishlaydi. Shunday qilib, foydalanuvchilar virtual mashinada kompyuterlarning asosiy operasion tizimidagi kabi bir xil ish sharoitiga ega bo’ladi. Virutal mashina tizimning qolgan qismidan ajratilgan, ya’ni uning ichidagi dastur asosiy kompyuter tizimiga ta’sir qilishi yoki uni boshqarishi mumkin emas. Bu boshqa operasion tizimlarni, shuningdek, beta versiyalarni sinovdan o’tkazish, viruslarni tahlil qilish, operasion tizimlarning zaxira nusxalarini yaratish, asosiy operasion tizimdan farq qiluvchi operasion tizim va uning dasturiy vositalarini ishlatish uchun ideal muhit hisoblanadi.
Bir vaqtning o’zida bir nechta virtual mashinalar yagona fizik kompyuterda ishlashi mumkin. Serverlar uchun bir nechta operasion tizim ularni boshqarish uchun foydalaniladigan maxsus dasturiy ta’minot (gipervizor deb ataladi) bilan ishlaydi. Shaxsiy kompyuterlarda esa odatda bir operasion tizimdan boshqa bir operasion tizimni yuklash oddiy dasturiy ta’minot kabi amalga oshiriladi.

Har bir virtual mashinada CPU, xotira, qattiq disklar, tarmoq interfeysi va boshqa qurilmalarni o’z ichiga olgan o’zining virtual qurilmalari mavjud (89-rasm).
89-rasm. Virtual mashina
Virtuallashtirishga qaratilgan dasturiy vositalarga Parallels Workstation, Parallels Desktop for Mac, VirtualBox, Virtual Iron, Oracle VM, Virtual PC, Virtual Server, Hyper-V, VMware Workstation, VMware Server, VMware ESXi, QEMU, Adeos va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Narsalar Interneti (Internet of Things, IoT). IoT – bu o’zaro bog’liq bo’lgan unikal identifikatorga ega hisoblash qurilmalari, mexanik va raqamli mashinalar, obyektlar, hayvonlar va odamlar tizimi bo’lib, tarmoq bo’ylab ma’lumotni uzatishda inson-inson yoki inson-mashina aloqasini talab etmaydi (90-rasm).


90-rasm. IoT tizimi umumiy ko’rinishi
IoT tushunchasi bir nechta texnologiyalar, real vaqtda tahlillash, mashinaning o’rganishi, oddiy sensorlar va o’rnatilgan tizimlarni birlashishi tufayli kengaydi. O’rnatilgan tizimlarning ananaviy sohasi, simsiz sensor tarmoqlar, nazoratlash tizimlari, avtomatlashtirish va boshqa tizimlar birgalikda IoT ni hosil qiladi. Istemol bozorida IoT texnologiyasi “aqlli uylar” tushunchasiga tegishli bo’lgan mahsulotlar bilan ko’proq mos keladi. Masalan, qurilma yoki dasturiy vositalar uyning yoritish, isitish, xavfsizlik tizimini nazorat qiladi va uni smartfon qurilmalari va turli ovozli buyruqlar bilan osonlik bilan boshqarish mumkin bo’ladi (91-rasm).


a) Enegriyadan foydalanish va mahalliy
ob havo haqida Nest termostati

b) Internetga ulangan Ring kompaniyasiga tegishli
qo’ng’iroq

c) Internetga ulangan August Home smart
kaliti

91-rasm. Aqlli uy jihozlarini ishlab chiqaruvchilar

O’rnatilgan tizimlar (Embedded systems). O’rnatilgan tizimlar – bu ko’pincha real vaqt hisoblash cheklovlariga ega bo’lgan kattaroq mexanik yoki elektr


tizimidagi maxsus funksiyaga ega boshqaruvchi bo’lib, ular odatda apparat va mexanik qismlarni o’z ichiga olgan to’liq qurilmaning bir qismi sifatida o’rnatilgan bo’ladi. O’rnatilgan tizimlar bugungi kunda keng foydalaniladigan bir qancha qurilmalarni boshqarishda foydalanilib, ishlab chiqarilgan mikroprosessorlarning 98% o’rnatilgan tizimlar sifatida foydalaniladi (92-rasm).
92-rasm. O’rnatilgan tizimlarga misollar
Zamonaviy o’rnatilgan tizimlar ko’pincha mikrokontrollerlarga asoslangan (ya’ni, o’rnatilgan xotira va pereferik interfeysga ega mikroprosessorlar) bo’lsada, murakkab tizimlarda oddiy mikroprosessorlar (xotira va pereferik interfeys uchun tashqi qurilmalardan foydalanish) ham keng foydalanilmoqda. O’rnatilgan tizim aniq vazifalarga bag’ishlangani sababli, uni mahsulotning hajmi va narxini kamaytirish, ishonchligini va ishlashini oshirish uchun optimallashtirish imkoniyati mavjud. Ba’zi o’rnatilgan tizimlar ommaviy ishlab chiqilgan bo’lib, hajmni tejashdan foyda qiladilar.
O’rnatilgan tizimlar raqamli soatlar va MP3 pleyerlar kabi ko’chma qurilmalardan tortib, svetafor, dasturlashtirilgan mantiqiy boshqaruv qurilmalari kabi yirik statsionar qurilmalar, gibrid transport vositalari hamda tibbiy tashxislash tizimlarida ham foydalanilmoqda.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin