Muhim risk ko’rsatkichlari. Muhim risk ko’rsatkichlari risklarni samarali boshqarish jarayonida muhim tashkil etuvchi bo’lib, dastlabki bosqichlarda harakatlarning xavflilik darajasini ko’rsatadi. Muhim risk ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlash tashkilot maqsadini tushunishni talab etadi. U tashkilotdagi risk ehtimolini ko’rsatuvchi o’lchov bo’lib, quyidagilarni amalga oshirishda yordam beradi:
hodisa ta’sirini aniqlash;
chegara qiymatda ogohlantirish;
risk hodisalarini qayta ko’rish.
Muhim risk ko’rsatkichi aniqlik bilan hisoblanishi va tashkilotning muhim amalga oshirish ko’rsatkichlariga salbiy ta’sirlarni aks ettirishi kerak. Bu yerda, tashkilotning muhim amalga oshirish ko’rsatkichi tashkilotni o’zining maqsadalariga erishish jarayonini baholash ko’rsatkichi hisoblanadi.
Risklarni boshqarish bosqichlari.Risklarni boshqarish uzluksiz jarayon bo’lib, har bir bosqichda muvaffaqqiyatli amalga oshirilishni talab etadi. U aniqlangan va faol ishlaydigan xavfsizlik dasturidan foydalangan holda xavfni maqbul darajada oldini oladi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy to’rtta bosqichga bo’linadi:
Risklarni aniqlash.
Risklarni baholash.
Risklarni bartaraf etish.
Risk monitoringi va qayta ko’rib chiqish.
Har bir tashkilot risklarni boshqarish jarayonida yuqorida keltirilgan bosqichlarni bosib o’tadi. Quyida ushbu bosqichlar bilan yaqindan tanishib chiqiladi.
Risklarni aniqlash. Risklarni boshqarishdagi dastlabki qadam bo’lib, uning asosiy maqsadi riskni tashkilotga zarar yetkazmasdan oldin aniqlash hisoblanadi. Risklarni aniqlash jarayoni mas’ul mutaxassislar qobiliyatiga bog’liq bo’lganligi sabab, ular turli tashkilotlar uchun farq qiladi. Risklarni aniqlash o’zida tashkilot xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarning manbasini, sabablarini, natijasini va boshqalarni aniqlashni mujassamlashtirgan. Risklar odatda quyidagi 4 ta muhim sohalardan kelib chiqadi:
Muhit.Muhitga aloqador bo’lgan risklar o’zida ish joyidagi kamchiliklar, turli xalaqitlar, issiq/ sovuq muhit, tutun, past yoritilganlik va elektr xavflari kabilarni birlashtiradi.
Jixoz. Jixozga aloqador risklar sifatida jixozlarning past ta’mirlash muhiti, ishlamaslik, mavjud bo’lmaslik va vazifaga nomutanosibligini keltirish mumkin.
Mijoz. Mijozlar bilan bog’liq risklar odatda muhim o’zgarishlar, kutilmagan ko’chishlar va zaif aloqa natijasida yuzaga keladi.
Vazifalar. Vazifalarga aloqador bo’lgan risklarga yetarli bo’lmagan bajarish vaqti, takroriy vazifalar, ishni loyihalash va xodimlar sonini yetarli bo’lmasiligi orqali paydo bo’luvchi risklar misol bo’ladi.
Risklarni aniqlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
kontekstni belgilash:xodim ichki va tashqi muhitni va tashkilot faoliyatidagi joriy holatni aniqlaydi;
risklarni sanash: bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ular sababli kutilayotgan natijalar aniqlanadi.
Riskni aniqlash risklarni boshqarish jarayonidagi turli og’ishlarni kamaytiradi va bu o’z navbatida kelajakda ta’sir qiluvchi omillar ehtimolini kamaytiradi. Risklarni aniqlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib, ular asosida turli dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Ko’plab risklarni aniqlash jarayonlari maxsus shakllantirilgan jamoa tomonidan amalga oshiriladi. Risklarni aniqlash jarayoni bir qancha faktorlarga, masalan, tarmoqning holati va jamoa a’zolarini risklarni boshqarishdagi qobiliyatlariga asoslanadi.