Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə156/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Faol tahdid – tizim holatini atayin ruxsatsiz o’zgartirish tahdidi.
Firibgarlik hujumi - foydalanuvchilarning yoki dasturlarning ma’lumotlarni soxtalashtirish va noqonuniy afzallikka ega bo’lish yo’li bilan boshqa subyektlar sifatida muvaffaqiyatli niqoblanish vaziyati.
Foydalanish nazorati – foydalanuvchilarning, dasturlarning yoki jarayonlarning hisoblash tizimlari qurilmalaridan, dasturlaridan va ma’lumotlaridan foydalanishlarini aniqlash va cheklash.
Foydalanishni diskretsion boshqarish – mavzu alomati bo’yicha obyektdan foydalanish konsepsiyasi (modeli). Unga binoan vakolatlarning ma’lum darajasiga ega foydalanish subyekti o’z xuquqini ixtiyoriy boshqa subyektga berishi mumkin.
Foydaluvchanlik - avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so’rovi bo’yicha mantiqiy obyektning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo’lishi xususiyati.
Himoya ma’muri – avtomatlashtirilgan tizimni axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashga javobgar foydalanish subyekti.
Himoyaning faol texnik vositasi – texnik razvedka vositalariga yoki ushbu vositalarning me’yorida ishlashini, buzuvchi, niqoblovchi yoki imitatsiyalovchi faol halallar yaratilishini ta’minlovchi himoyaning texnik vositasi.
Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hujumni aniqlash va ogohlantirish – qaror qabul qiluvchiga maqbul javobni amalga oshirish uchun bildirish orqali ataylab qilingan ruxsat etilmagan harakatlarning aniqlanishi, korrelyatsiyasi, identifikatsiyalanishi va tavsiflanishi.
Identifikator – subyekt yoki obyektning farqlanuvchi alomatidan iborat foydalanishning identifikatsiya vositasi. Foydalanuvchilar uchun asosiy identifikatsiya vositasi parol hisoblanadi.
Identifikatsiya ma’lumotlari - tizimda muayyan qatnashchini bir ma’noli identifikatsiyalashga imkon beruvchi, unga tegishli noyob identifikatsiya ma’lumotlari majmui.
Ijtimoiy injeneriya – xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar bilan, turli nayrang, aldash va h. orqali chalg’itish asosidagi muloqotdan olinadigan axborot yordamida axborot tizimining xavfsizlik tizimini chetlab o’tish.
Ikki faktorli autentifikatsiya – foydalanuvchilarni ikkita turli faktorlar asosida autentifikatsiyalash, odatda, foydalanuvchi biladigan narsa va egalik qiladigan narsa (masalan, parol va fizik identifikatori) asosida.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin