Konfidensial axborot – egasi tomonidan himoyalashni talab etuvchi tijoriy yoki shaxsiy sirdan iborat axborot.
Kriptografik algoritm – kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshiruvchi algoritm.
Lug’atga asoslangan hujum – ochiq matn elementlari lug’atidan foydalanishga asoslangan kriptotizimga hujum.
Ma’lumotlar – odam ishtiroki bilan yoki avtomatik tarzda uzatishga, izohlashga yoki ishlashga yaroqli, formallashgan ko’rinishda ifodalangan axborot.
Ma’lumotlarni tiklash – eltuvchining asl nusxasida ma’lumotlar yaxlitligi buzilganida unga ma’lumotlarning himoya nusxasi bo’lgan eltuvchidan nusxalash jarayoni.
Ma’muriy xavfsizlik choralari– tanlashni, ishlab chiqishni, tatbiq etishni, sog’liqni saqlashga oid elektron axborotni himoyalash bo’yicha xavfsizlik choralarini madadlash va ushbu axborotni himoyalashga nisbatan tashkilot xodimlarini boshqarish bo’yicha ma’muriy harakatlar, siyosatlar va muolajalar.
Mantiqiy bomba – “qurbon” kompyuterida rezident joylashgan va ma’lum mantiqiy shart bo’yicha, masalan, ma’lum sanada yoki tizimning ma’lum xolatlari naborida, faollashuvchi destruktiv dasturiy komplekslarni umumlashtiruvchi atama.
Mualliflikhuquqi – fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va foydalanish bilan bog’liq vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmui.
Nuqson - axborot tizimidagi topshiriq, adashish yoki etiborsizlik asosidagi xato bo’lib, himoya mexanizmlarini aylanib o’tishga imkon beradi.
Ochiq axborot– barcha manfaatdor shaxslarning foydalanishlari bo’yicha cheklash bo’lmagan axborot: umumfoydalanuvchi axborot.
Ochiq kalit - odatda imzoni tekshirish yoki ma’lumotni shifrlashda foydalaniluvchi asimetrik kalit juftining ochiq qismi.
Parol yordamida himoyalash – foydalanish uchun parol kiritilishi zarur bo’lgan ma’lumotlarni himoyalash usuli.
Parollarni fosh qiluvchi - parollarni saralash yoki o’g’rilashni amalga oshiruvchi kompyuter dasturi.
Parolni buzib ochish - axborot tizimidan (tarmog’idan) yashirincha foydalanish texnikasi (usuli) bo’lib, unda hujum qiluvchi taraf parollarni fosh qiluvchi yordamida parollarni aniqlashga (tanlashga) yoki o’g’irlashga urinib ko’radi.
Passiv hujum – kriptotizmga yoki kriptografik protokolga hujum bo’lib, bunda dushman va/yoki buzg’unchi uzatiluvchi shifrlangan axborotni kuzatadi va ishlatadi, ammo qonuniy foydalanuvchilar harakatiga ta’sir etmaydi.
Raqamli axborot – kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga va almashishga mo’ljallangan ma’lumotlar ko’rinishida ifodalangan axborot.