Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə159/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Konfidensial axborot – egasi tomonidan himoyalashni talab etuvchi tijoriy yoki shaxsiy sirdan iborat axborot.
Kriptografik algoritm – kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshiruvchi algoritm.
Lug’atga asoslangan hujum – ochiq matn elementlari lug’atidan foydalanishga asoslangan kriptotizimga hujum.
Ma’lumotlar – odam ishtiroki bilan yoki avtomatik tarzda uzatishga, izohlashga yoki ishlashga yaroqli, formallashgan ko’rinishda ifodalangan axborot.
Ma’lumotlarni tiklash – eltuvchining asl nusxasida ma’lumotlar yaxlitligi buzilganida unga ma’lumotlarning himoya nusxasi bo’lgan eltuvchidan nusxalash jarayoni.
Ma’muriy xavfsizlik choralari – tanlashni, ishlab chiqishni, tatbiq etishni, sog’liqni saqlashga oid elektron axborotni himoyalash bo’yicha xavfsizlik choralarini madadlash va ushbu axborotni himoyalashga nisbatan tashkilot xodimlarini boshqarish bo’yicha ma’muriy harakatlar, siyosatlar va muolajalar.
Mantiqiy bomba – “qurbon” kompyuterida rezident joylashgan va ma’lum mantiqiy shart bo’yicha, masalan, ma’lum sanada yoki tizimning ma’lum xolatlari naborida, faollashuvchi destruktiv dasturiy komplekslarni umumlashtiruvchi atama.
Mualliflik huquqi – fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va foydalanish bilan bog’liq vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmui.
Nuqson - axborot tizimidagi topshiriq, adashish yoki etiborsizlik asosidagi xato bo’lib, himoya mexanizmlarini aylanib o’tishga imkon beradi.
Ochiq axborot – barcha manfaatdor shaxslarning foydalanishlari bo’yicha cheklash bo’lmagan axborot: umumfoydalanuvchi axborot.
Ochiq kalit - odatda imzoni tekshirish yoki ma’lumotni shifrlashda foydalaniluvchi asimetrik kalit juftining ochiq qismi.
Parol yordamida himoyalash – foydalanish uchun parol kiritilishi zarur bo’lgan ma’lumotlarni himoyalash usuli.
Parollarni fosh qiluvchi - parollarni saralash yoki o’g’rilashni amalga oshiruvchi kompyuter dasturi.
Parolni buzib ochish - axborot tizimidan (tarmog’idan) yashirincha foydalanish texnikasi (usuli) bo’lib, unda hujum qiluvchi taraf parollarni fosh qiluvchi yordamida parollarni aniqlashga (tanlashga) yoki o’g’irlashga urinib ko’radi.
Passiv hujum – kriptotizmga yoki kriptografik protokolga hujum bo’lib, bunda dushman va/yoki buzg’unchi uzatiluvchi shifrlangan axborotni kuzatadi va ishlatadi, ammo qonuniy foydalanuvchilar harakatiga ta’sir etmaydi.
Raqamli axborot – kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga va almashishga mo’ljallangan ma’lumotlar ko’rinishida ifodalangan axborot.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin