Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə154/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Axborot xavfsizligi - axborot holati bo’lib, unga binoan axborotga tasodifiy yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz uning olinishiga yo’l qo’yilmaydi; yana - axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalarini (xususiyatlarini) saqlanishini ta’minlovchi axborotning himoyalanish darajasi holati. Axborot xavfsizligi arxitektori - tashkilotning asosiy missiyasini himoyalash uchun kerakli axborot xavfsizligi talablari va etalon modelni, segment va yechimlar arxitekturasini o’z ichiga olgan barcha tashkilot arxitektura jixatlarida adekvat adreslangan biznes - jarayonlar va bu missiya va biznes jarayonlarni madadlovchi axborot tizimlarini ta’minlashga javobgar bo’lgan jismoniy shaxs,
guruh yoki tashkilot.
Axborot xavfsizligi doktrinasi - axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadlariga, masalalariga, prinsiplariga va asosiy yo’nalishlariga rasmiy qarashlar majmui.
Axborotdan foydalanish – shtatga oid texnik vositalardan foydalanib axborot bilan tanishish, uni xujjatlash, nusxalash, modifikatsiyalash yoki axborotni yo’q qilish jarayoni.
Axborotni texnik himoyalash - himoyalashga loyiq axborotning (ma’lumotlarning) xavfsizligini xarakatdagi qonunlarga muvofiq, texnik, dasturiy va dasturiy - texnik vositalarni ishlatib, nokriptografik usullar yordamida ta’minlashdan iborat axborot himoyasi.
Axborotni fizik (bevosita) himoyalash - himoya obyektiga vakolatsiz shaxslarning suqilib kirishlariga yoki undan foydalanishlariga to’siqlar yaratuvchi tashkiliy tadbirlar yoki vositalar majmuini ishlatish yo’li bilan axborotni himoyalash.
Axborotni himoyalash konsepsiyasi – axborotni himoyalash bo’yicha qarashlar va umumiy texnik talablar tizimi.
Axborotni himoyalashning apparat vositasi – axborotni ishlovchi texnik vositasi komplekti tarkibiga kiruvchi maxsus himoyalovchi qurilma yoki moslama. Axborotni huquqiy himoyalash – axborotni himoyalash bo’yicha subyektlar munosabatini rostlovchi qonuniy va me’yoriy xujjatlarni (aktlarni) ishlab chiqishni, hamda ularning bajarilishini nazorat qilishni o’z ichiga oluvchi axborotni xuquqiy
usullar yordamida himoyalash.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin