Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə155/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Axborotni ishlovchi himoyalangan texnik vosita – himoyalash vositalari va usullari ishlab chiqish va tayyorlash bosqichida amalga oshirilgan axborotni ishlovchi texnik vosita.
Axborotning buzilishi – tashqi ta’sirlar (halallar), apparatura ishlashidagi buzilishlar, yoki xizmatchi xodimning bilimsizligi natijasida texnik vositalarida ishlanuvchi axborotning tasodifiy ruxsatsiz modifikatsiyalanishi.
Bot - oddiy foydalanuvchi interfeysi orqali avtomatik tarzda va/yoki berilgan jadval bo’yicha qandaydir harakatlarni bajaruvchi maxsus dastur. Kompyuter dasturlari muhokama qilinganida bot atamasi asosan Internetga qo’llash bilan ishlatiladi.
Botnet - ishga tushirilgan botlarga ega bir qancha sonli xostlardan tashkil topgan kompyuter tarmog’i. Odatda kompyuterlarga bo’ladigan tarmoq xujumlarini (spamni tarqatish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o’g’irlash, masofadagi tizimda parollarni saralash, xizmat qilishdan voz kechishga undash hujumlari va x.) koordinatsiyalash uchun ishlatiladi (inglizcha robot va network so’zlaridan olingan.).
Buferning to’lib – toshishi hujumi – buferdagi oldindan aniqlangan hajmdagi makonni qaytadan yuklash usuli bo’lib, xotiradagi ma’lumotlarni qayta yozishi va shikastlashi mumkin.
Buzilmaslik – tizimning unga yuklatilgan vazifalarni berilgan sharoitda, istalgan vaqt onida bajarish qobiliyati.
Davlat sirlaridan foydalanish - fuqarolarning davlat siridan iborat ma’lumotlardan foydalanish huquqini, korxonalar, idoralar va tashkilotlarni esa bunday ma’lumotlardan foydalanib ish yuritish huquqini rasmiylashtirish muolajasi.
Deshifrlash algoritmi – deshifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi va shifrlash algoritmiga teskari algoritm.
Dezinformatsiya – foydalanuvchi shaxslarga yolg’on tasavvurni shakllantirish maqsadida ularga uzatiluvchi xabarni atayin buzib ko’rsatish; yolg’on axborotni uzatish.
Faol hujum - dushman va/yoki buzg’unchi qonuniy foydalanuvchi harakatiga ta’sir etishi, masalan, qonuniy foydalanuvchi xabarini almashtirishi yoki yo’q qilishi va xabarni yaratib uning nomidan uzatishi va h. mumkin bo’lgan kriptotizimga yoki kriptografik protokolga hujum.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin