Faoltahdid – tizim holatini atayin ruxsatsiz o’zgartirish tahdidi.
Firibgarlikhujumi - foydalanuvchilarning yoki dasturlarning ma’lumotlarni soxtalashtirish va noqonuniy afzallikka ega bo’lish yo’li bilan boshqa subyektlar sifatida muvaffaqiyatli niqoblanish vaziyati.
Foydalanish nazorati– foydalanuvchilarning, dasturlarning yoki jarayonlarning hisoblash tizimlari qurilmalaridan, dasturlaridan va ma’lumotlaridan foydalanishlarini aniqlash va cheklash.
Foydalanishnidiskretsionboshqarish – mavzu alomati bo’yicha obyektdan foydalanish konsepsiyasi (modeli). Unga binoan vakolatlarning ma’lum darajasiga ega foydalanish subyekti o’z xuquqini ixtiyoriy boshqa subyektga berishi mumkin.
Foydaluvchanlik- avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so’rovi bo’yicha mantiqiy obyektning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo’lishi xususiyati.
Himoya ma’muri – avtomatlashtirilgan tizimni axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashga javobgar foydalanish subyekti.
Himoyaning faol texnik vositasi– texnik razvedka vositalariga yoki ushbu vositalarning me’yorida ishlashini, buzuvchi, niqoblovchi yoki imitatsiyalovchi faol halallar yaratilishini ta’minlovchi himoyaning texnik vositasi.
Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hujumni aniqlash va ogohlantirish – qaror qabul qiluvchiga maqbul javobni amalga oshirish uchun bildirish orqali ataylab qilingan ruxsat etilmagan harakatlarning aniqlanishi, korrelyatsiyasi, identifikatsiyalanishi va tavsiflanishi.
Identifikator– subyekt yoki obyektning farqlanuvchi alomatidan iborat foydalanishning identifikatsiya vositasi. Foydalanuvchilar uchun asosiy identifikatsiya vositasi parol hisoblanadi.
Identifikatsiya ma’lumotlari - tizimda muayyan qatnashchini bir ma’noli identifikatsiyalashga imkon beruvchi, unga tegishli noyob identifikatsiya ma’lumotlari majmui.
Ijtimoiy injeneriya– xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar bilan, turli nayrang, aldash va h. orqali chalg’itish asosidagi muloqotdan olinadigan axborot yordamida axborot tizimining xavfsizlik tizimini chetlab o’tish.
Ikki faktorli autentifikatsiya – foydalanuvchilarni ikkita turli faktorlar asosida autentifikatsiyalash, odatda, foydalanuvchi biladigan narsa va egalik qiladigan narsa (masalan, parol va fizik identifikatori) asosida.