Audit jurnali– tizim harakatlarining xronologik yozuvi. Berilgan muddatda bajariluvchi tizimli foydalanishlar va amallar yozuvlarini o’z ichiga oladi.
Autentifikator – foydalanuvchining farqli alomatini ifodalovchi autentifikatsiya vositasi. Qo’shimcha kod so’zlari, biometrik ma’lumotlar va foydalanuvchining boshqa farqli alomatlari autentifikatsiya vositalari bo’lishi mumkin.
Autentifikatsiya– odatda tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat etish xususida qaror qabul uchun foydalanuvchining, qurilmaning yoki tizimning boshqa tashkil etuvchisining identifikasiyasini tekshirish; saqlanuvchi va uzatuvchi ma’lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini aniqlash uchun tekshirish.
Avariya vaziyati– masalalar yechilishining to’xtalishiga sabab bo’luvchi hisoblash tizimining buzilishi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi – ma’lumotlarni va axborotni yaratish, uzatish, ishlash, tarqatish, saqlash va/yoki boshqarishga va hisoblashlarni amalga oshirishga mo’ljallangan dasturiy va apparat vositalar majmui.
Avtorizatsiya– tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy autentifikatsiyasiga asosan, ma’lum foydalanish huquqlarini taqdim etish.
Axborot egasi - axborot resurslariga, axborot mulkdori bilan shartnoma asosida egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni idora qilish huquqiga ega axborot munosabatlarining subyekti.
Axborot kafolati -axborot va axborot tizimlarining foydalanuvchanligini, yaxlitligini, autentifikatsiyalanishini, konfidensialligini va rad etmasligini ta’minlash orqali himoyalash va qo’riqlash choralari.
Axborot urushi - dushmanning axborotiga, axborotga asoslangan jarayonlariga va axborot tizimlariga zarar yetkazish, bir vaqtning o’zida tegishli axborotni, axborotga va axborot tizimlariga asoslangan jarayonlarni himoyalash yo’li bilan axborot ustunligiga erishish uchun zarur choralarni ko’rish harakatlari.
Axborotxavfsizligi – axborot egasiga yoki foydalanuvchiga va madadlovchi infrastrukturaga ziyon keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterli, tasodifiy yoki atayin
qilingan ta’sirlardan axborotning va madadlovchi infrastrukturaning himoyalanganligi.