Raqamli imzo algoritmi - ma’lumotlarni raqamli imzolash uchun foydalaniluvchi asimetrik algoritm.
Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi – raqamli imzo sxemasining tarkibiy qismi. Kirish yo’liga imzolanuvchi xabar, maxfiy kalit, hamda raqamli imzo sxemasining ochiq parametrlari beriluvchi algoritm (umuman randomizatsiyalangan
algoritm). Algoritm ishining natijasi raqamli imzo hisoblanadi. Raqamli imzo sxemasining ba’zi turlarida imzoni shakllantirishda protokol ishlatiladi.
Riskmatritsasi - rutbalash va oqibatlariga va imkoniyatlariga rutbalar berish yo’li bilan riskni ifodalash instrumenti.
Risk menejmenti — axborot-telekommunikatsiya texnologiya resurslariga ta’sir etishi mumkin bo’lgan xavfli xodisalar oqibatlarini identifikatsiyalashning, nazoratlashning, bartaraf etishning yoki kamaytirishning to’liq jarayoni.
Riskni nazoratlash -riskni modifikatsiyalovchi (o’zgartiruvchi) chora. 1- izoh. Riskni nazoratlash o’z ichiga har qanday jarayonni, siyosatni, usulni, amaliyotni va riskni modifikasiyalovchi boshqa harakatlarni olishi mumkin. 2-izoh. Riskni nazoratlash doimo istalgan va kutilgan effektni bermasligi mumkin.
RSA shifrlash algoritmi– 1978 yili R. Rayvest, A Shamir va L.Adleman tomonidan taklif etilgan va asimetrik shifr tizimlarini qurishga mo’ljallangan shifrlash algoritmi.
Shaxsiyaxborot – tarqalishi faqat mos shaxslar yoki tashkilotlar ruxsati bilan mumkin bo’lgan mamlakat fuqarolari yoki tashkilotlari manfaatlariga daxldor axborot.
Shifrlash algoritmi - shifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi kriptografik algoritm. Blokli shifrtizim holida shifrlashning muayyan rejimida shifrlashning bazaviy blokli algoritmidan foydalanib hosil qilinadi.
Tahdid turlari- tahdidlarni tasodifiy va atayinlariga, aktiv va passivlariga tasniflash mumkin.
Tarmoqxavfsizligi - axborot tarmog’ini ruxsatsiz foydalanishdan, me’yoriy ishlashiga tasodifiy yoki atayin aralashishdan yoki tarmoq komponentlarini buzishga urinishdan ehtiyot qiluvchi choralar. Asbob-uskunalarni, dasturiy ta’minotni, ma’lumotlarni himoyalashni o’z ichiga oladi.