Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə157/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Imzo verifikatsiyasi - ma’lumotlardagi raqamli imzoni tekshirish uchun raqamli imzo algoritmi va ochiq kalitdan foydalanish.
Insayder – guruxga tegishli yashirin axborotdan foydalanish xuquqiga ega guruh a’zosi. Odatda, axborot sirqib chiqishi bilan bog’liq insidentda muhim shaxs hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan, insayderlarning quyidagi xillari farqlanadi: beparvolar, manipulyatsiyalanuvchilar, ranjiganlar, noxolislar, qo’shimcha pul ishlovchilar va h.
Insident – ruxsatsiz foydalanish xuquqiga ega bo’lishga yoki kompyuter tizimiga hujum o’tkazishga urinishning qayd etilgan holi.
Internet–firibgarlik – kredit – moliya sohasidagi “yuqori-texnologiyali’’ jinoyatchilik xili bo’lib, uyushgan va, odatda, xalqaro xarakterga ega. Jinoiy strukturalar tomonidan noqonuniy daromadlar olish maqsadida foydalanishni blokirovka qilish hujumi yoki bot-tarmoqlarni yaratish kabi zamonaviy texnologiyalar ishlatiladi.
Jamiyat axborot xavfsizligi – “shaxs axborot xavfsizligi” kabi, uyushgan odamlar kollektiviga va umuman, jamiyatga qo’llaniladi.
Kalit – fayldagi yozuvlarni identifikatsiyalash va undan tezda foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar majmui; yana - qandaydir axborotdan foydalanish vakolatini tasdiqlash uchun ishlatiladigan kod; yana - asosida shifrlash amalga oshiriluvchi qiymat; yana - ma’lumotlar elementlari naboridagi identifikator.
Kalit uzunligi (o’lchovi) - kalitni ifodalovchi ma’lum alfavitdagi so’z uzunligi. Ikkili kalit uzunligi bitlarda o’lchanadi.
Keylogger - klaviaturali kiritishni ushlab qolishga mo’ljallangan dastur yoki apparat vosita. Bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni va ularni yashirincha saqlashni va/yoki yashirincha qandaydir kanal orqali uzatishni amalga oshiradi.
Kiber infrastruktura – elektron axborot, kommunikatsiya tizimlari, xizmatlar va bu tizimlar va xizmatlarda mavjud axborotni o’z ichiga oladi.
Kiber insident axborot tizimi va/yoki undagi axborotga aniq yoki potensial zarar yetkazilishiga sabab bo’luvchi, kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi harakatlar.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin