Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə158/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Kiberfazo Internet, telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari va o’rnatilgan prosessorlar va kontrollerlarni o’z ichiga olgan, o’zaro bog’langan axborot tizimlari infrastrukturalar tarmog’idan tashkil topgan axborot muhitidagi global domen.
Kiber-hujum – hisoblash muhiti/ infrastrukturasini, o’chirish, buzish yoki g’arazli nazoratlash yoki ma’lumot yaxlitligini buzish yoki nazoratlanuvchi axborotni o’g’irlash maqsadida kiberfazodan foydalanuvchi tashkilotga atalgan kiberfazo orqali amalga oshiriluvchi hujum.
Kiberjinoyatchilik - g’arazli yoki xuliganlik maqsadlarida himoyalashning kompyuter tizimlarini buzib ochishga, axborotni o’g’irlashga yoki buzishga yo’naltirilgan alohida shaxslarning yoki guruhlarning harakatlari.
Kiberterrorizm - insonlar halokati, aytarlicha moddiy zarar xavfini yoki boshqa jamiyatga xavfli oqibatlarni tug’diruvchi kompyuter tizimlarini izdan chiqarish bo’yicha harakatlar.
Kiberxavfsizlik – kiberfazoning kiberhujumlardan foydalanishidan qo’riqlash yoki himoyalash imkoniyati.
Koder (dasturchi) - internet-firibgarlik texnologiyalari bilan shug’ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh ichidagi ixtisosliklardan biri; troyan va boshqa zarar yetkazuvchi dasturlarni yozuvchi va ularni yopiq anjumanlarda “o’ziga o’xshashlarga” sotuvchi ishtirokchini belgilaydi.
Kodlar kitobi – tarkibida tartibga solingan ochiq matn va kodlar ekvivalenti yoki so’zlarni almashtirish texnologiyasidan foydalanuvchi mashina shifrlash usuli bo’lgan hujjat.
Kodlar lug’ati – kod tizimida kod ekvivalenti berilgan ochiq matn so’zlari, raqamlari, iboralari yoki gaplar nabori.
Kompyuter xavfsizligi – axborot tizimlari aktivlarining, jumladan apparat vositalarining, dasturiy ta’minotning, o’rnatilgan mikrodasturiy vositaning va ishlanuvchi, saqlanuvchi va uzatiluvchi axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va foydalanuvchanligini kafolatlovchi choralar va nazoratlash vositalari.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin