Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə161/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Tarmoqlararo ekran – apparat-dasturiy vositalar yordamida tarmoqdan foydalanishni markazlashtirish va uni nazoratlash yo’li bilan tarmoqni boshqa tizimlardan va tarmoqlardan keladigan xavfsizlikka tahdidlardan himoyalash usuli; yana - bir necha komponentlardan (masalan, tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti
ishlaydigan marshrutizator yoki shlyuzdan) tashkil topgan ximoya to’sig’i hisoblanadi.
Tizim ma’muri – tizimni ekspluatatsiyasiga va uning ishga layoqatlik holatini ta’minlashga javobgar shaxs.
Tizim xavfsizligi - tizim resurslaridan va funksional imkoniyatlaridan ruxsatsiz foydalanishdan hamda ishlashida turli bashorat qilinadigan yoki qilinmaydigan holatlar sabab bo’luvchi, bo’lishi mumkin bo’lgan buzilishlardan tizimning himoyalanishi.
Virus – boshqa dasturlar bajarilayotganida o’zini ularga kirituvchi unchalik katta bo’lmagan dastur; yana - nusxalarini beixtiyor yaratish va keyinchalik yangi nusxasini nazoratlash va qayta yaratishga erishish maqsadida fayllardagi va tizimli sohalardagi boshqa dasturlarni modifikatsiyalash imkoniyatiga ega dastur.
Virusga qarshi himoya - hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan tizim vositalarini dasturiy virus ta’siridan himoyalashni ta’minlashda ishlatiluvchi tashkiliy, xuquqiy, texnik va texnologik choralar kompleksi.
Xabar haqiqiyligi kodi - bir-biriga ishonuvchi ishtirokchilar tomonidan xabarlarni autentifikatsiyalash protokollarida xabarga qo’shiladigan va uning yaxlitligini va ma’lumotlar manbaining autentifikatsiyasini ta’minlashga mo’ljallangan simvollarning maxsus nabori.
Xatoliklar jurnali – tizim tomonidan adashishlar xususidagi axborot yoziladigan fayl.
Xavfsiz o’chirish - qattiq diskni qayta yozish uchun dasturiy - aparat vositalari asosidagi jarayonlardan foydalanib qayta yozish texnologiyasi.
Xavfsiz operatsion tizim – ma’lumotlar va resurslar mazmuniga mos himoyalash darajasini ta’minlash maqsadida apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaruvchi operatsion tizim.
Xavfsizlik - ta’siri natijasida nomaqbul holatlarga olib keluvchi atayin yoki tasodifiy, ichki va tashqi beqarorlovchi faktorlarga qarshi tizimning tura olish xususiyati. Yana - ma’lumotlar fayllarining va dasturlarning avtorizatsiyalanmagan

shaxslar (jumladan tizim xodimi), kompyuterlar yoki dasturlar tomonidan ishlatilishi, ko’rib chiqilishi va modifikatsiyalanishi mumkin bo’lmagan holat.



Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin