1. Nutqiy assotsiativ bog`lanishlarni o`rganishga qaratilgan erkin assotsiativ eksperiment metodining asoschisi kim?
A) N.Ax
V) F.Kliks
D) K.YUng
S) Kant
E) Myuller
2. «Semantik differentsial» metodining maqsadi nima?
A) Hissiy holatni o`rganish
V) Nutqning talaffuz qilini shini o`rganish
D) Tafakkur va nutqning bog`liqligini o`rganish
S) So`zlashuvchining nutqi orqali hissiy holatini aniqlash
E) SHaxs xususiyatini o`rganish.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Nutqni psixologik tomondan o`rganishning ahamiyati nimada?
Nutqni eksperimental yo`l bilan o`rganilishida kimlarning hissasi bor?
Nutq akustikasi nima?
Ichki nutq bilan tafakkurning farqi bormi?
Nutqni qaysi metodlar yordamida o`rganiladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii. M- 1994 2. Xrestomatiya po psixologii. M - 1991 god
SEMINAR VA LABARATORIYA MASHG’ULOTLARI MVZULARI
1-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi yordamida masalaning echimini topish jarayonini o’rganish. MASALA YECHISH USULIGA TAJRIBANING TA’SIRINI O’RGANISH (LACHINS METODIKASI).
Maqsad: Tafakkur rigidligini aniqlash.
Jihoz: Arifmetikaga oid topshiriqlar to’plami.
A.S. Lachins tomonidan ishlab chiqilgan metodika yordamida bir xil tipdagi vazifani yechish jarayonidagi ikki guruh tekshiriluvchilar natijalarini solishtirish orqali fikrlash jarayonidagi rigidlikni aniqlash mumkin. Vazifa shunday tanlanishi kerakki, ularning bir qismi bir usul bilan, qolganlari ikki usul bilan yechiladi.
Tajriba boshlangunga qadar har biri 10 tadan arifmetik vazifadan iborat 2 ta varaqa tayyorlanadi. 1-guruh tajriba, ikkinchisi nazorat guruhi deb qaralib, ularga alohida-alohida vazifalar beriladi. Har ikki guruhdagi tekshiriluvchilar bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda vazifalarni yechishlari kerak bo’ladi. 1-5 vazifalar bittadan yechimga ega, 6-10 vazifalarning esa minimal bitta yechimi bor yoki ratsional yechimga ega emas.
Natijalarni tahlil qilish uchun nechta tekshiriluvchi 6-10 vazifalarni ratsional usul bilan yechganligini hisoblab, foizga aylantirish kerak.
Ko’p hollarda tekshiriluvchi 1-5 vazifalarni bir xil usul bilan yechgandan so’ng 6-10 vazifalarni ham shunday usul bilan yechishga harakat qiladilar, sharoit o’zgarganligini sezmaydilar. Bunda fikrlash jarayonida bilish rigidligi vujudga kelganligini aniqlash mumkin.