Tasdiqlayman” Abdulla Qodiriy nomidagi jdpu sirtqi bo’lim Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy kafedrasi mudiri I. Umarov



Yüklə 33 Kb.
tarix16.09.2023
ölçüsü33 Kb.
#144050
Dars tahlili


Tasdiqlayman”
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU Sirtqi bo’lim Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy kafedrasi mudiri I. Umarov____________
25-fevral 2023 yil


A.Qodiriy nomidagi JDPU Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi N.Bo’tayeva “Pedagogik jarayonni samarali boshqarish usullari, pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari; pedagogik tajriba ” mavzusida o‘tkazilgan
Seminar darsi tahlili


BAYONNOMASI
Bo’ston shaharchasi 5.12.2022-yil


Qatnashdilar:
I.Umarov va kafedra professor- o’qituvchilari


KUN TARTIBI:
1. N.Bo’tayevaning “Pedagogik jarayonni samarali boshqarish usullari, pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari; pedagogik tajriba ” mavzusida o‘tkazilgan seminar darsi tahlili.
Eshitildi Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy kafedrasi mudiri PhD.I.Umarov: Biz Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchi Bo’tayeva Nigoraning darsini kuzatdik. Avvalo, dars yuzasidan so‘zni Kubayev Q.ga beramiz.
Eshitildi- N.Bo’tayevaning dars mavzusi Pedagogik jarayonni samarali boshqarish usullari, pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari; pedagogik tajribabo‘lib, tinglovchilarga mavzu yuzasidan umumiy tushunchalar berildi.
Mavzu slaydlar taqdimoti asosida tashkil etildi va ushbu mavzu bo’yicha tinglovchilar to’liq tushunchaga ega bo’lishlari uchun ularga turli xil metodlar hamda didaktik o’yinlardan unumli foydalanildi. Barcha tinglovchilar bevosita darsning faol ishtirokchisi bo`ldilar. So‘ng guruhni 3 guruhga bo‘lib, ulardagi yangi g’oyalarni aniqlash, ularda motivatsiya uyg’otish va jamoa bo’lib birgalikda ishlash uchun zamin yaratildi.
Ikkinchi, tinglovchilarni uch guruhga bo‘lib savol-javob o‘tkazildi.
Ishtirokchilar bu topshiriqlarni a’lo darajada bajardilar va shu usul bilan tinlovchilarda mavzuga qiziqish uyg`otildi.
Eshitildi –O’qituvchi Lutfullayev J: N.Bo’tayevaning darsni to‘liq kuzatdim. Ular darsda o‘zlarini yaxshi tutishdi, nutqi ravon, muomalalari juda yaxshi. Dars to’liq zamonaviy pedagogik texnologiyaning bir nechta metodlaridan foydalangan holatda o‘tildi. Shu sababli men ushbu seminar darsni yaxshi tashkillashtirilgan deb o’ylayman.
Eshitildi –O’qituvchi Zaripova M:Men N.Bo’tayevaning darsini kuzatdim. Darsdan qanoatlandim. Dars o‘z vaqtida boshlandi. Yangi mavzuni tushuntirishda interfaol usullardan foydalanildi. O’z vaqtida doskadan ham unumli foydalandi shu sababli dars juda yaxshi o‘tildi deb o’ylayman. O’qituvchi dars so’ngida tinglovchilarni uch guruhga bo‘lib, ularga og‘zaki ravishda boshqotirmalar bo’yicha topshiriqlarni bajartirdi. Bu esa yangi mavzu bo’yicha tinglovchilarni yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lishlarini vujudga keltirdi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam dars juda sifatli o’tildi. Universitetning malakali metodist o’qituvchilaridan ko’pgina metodlarni va bilimlarni o’rganamiz deb o’ylayman.
Eshitildi - o‘qituvchi Daminova Sh: dars ko’proq slayd asosida olib borildi va o’qituvchilar dars yuzasidan misollarni tinglovchilarga sodda va ravon tilda tushintirdi, bu esa o’z navbatida yangi mavzu bo’yicha tinglovchilarning ko’proq va aniqroq tushunchaga ega bo’ishlari uchun omil bo’ldi. O’qituvchilarning dars o’tish jarayinidagi barcha xatti-harakatlari o’rinli bo’ldi. Ularning zamonaviy pedagogik texnologiya bilan birgalikda doskadan ham foydalanib dars o’tishi menga juda yoqdi. Shu sabablimi dars qiziqarli bo’ldi, o’qituvchi darsning boshidan to oxirgacha tinglovchilarni dars jarayoniga jalb eta oldi, bu ham o’qituvchining eng katta yutug’i sifatida baholashga loyiq. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam dars DTS talablariga to’liq javob bera oladigan darajada na’munali o’tildi deb o’ylayman.
Eshitildi –Kafedra mudiri I.Umarov : Kafedramiz o‘qituvchisi, N.Bo’tayevaning o’tgan seminar darsi tahlili bo’yicha mutaxassis o’qituvchilarimizning fikrlarni eshitdik. Dars zamonaviy pedagogik texnologiyaning dars mavzusiga xos bo’lgan metodi asosida o‘tildi. O’qituvchilar dars o’tish davomida belgilangan vaqtni juda to’g’ri taqsimlangan, shu sababli ham ushbu dars yuzasidan o’qituvchilarimiz aytgan ijobiy fikrlariga to’liq qo‘shilaman dars har tomonlama DTS talablariga mos ravishda zamonaviy pedagogik texnologiyaga asosan o‘tildi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. A.Qodiriy nomidagi JDPU “Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarida masofaviy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchilari, N.Bo’tayevaning “Pedagogik jarayonni samarali boshqarish usullari, pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari; pedagogik tajriba ” mavzusida o‘tkazilgan seminar darsi na’munali darajada o’tilgan darslar qatorida baholansin.
2. Dars yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar har bir darsda e’tiborga olinsin.
Yig‘ilish raisi: PhD. I.Umarov


Kotib: J.Lutfullayev
Yüklə 33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin