Tasdiqlayman” Buxdu kengashining raisi O. X. Xamidov


-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə13/13
tarix20.10.2022
ölçüsü50,02 Kb.
#65612
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05

33-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi


Odob-axloq kodeksining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda Universitet rektoriga ko‘rib chiqishi uchun qoidabuzar xodim, talaba va doktorantni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritiladi. Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xususiyatini hisobga olgan holda Odob-axloq komissiyasi xodim, talaba va doktorantga nisbatan Odob-axloq kodeksining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.
Odob-axloq kodeksiga rioya etmagan xodim, talaba va doktorantni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha buyruq loyihasi fakultet dekanlari va magistratura bo‘limi (talabalarga nisbatan), kadrlar bo‘limi (xodimlar va doktorantlarga nisbatan) tomonidan tayyorlanadi.
Xodim, talaba va doktorantlar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, Universitet qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.

34-modda. Jamoatchilik nazorati


Xodim, talaba yoki doktorantning xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur Kodeksga rioya etmaganlik holatlari Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida ham muhokama qilinishi amaliyoti joriy etilishi mumkin.

10-bob. Yakuniy qoida




35-modda. Kodeksning kuchga kirishi hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
Mazkur kodeks Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlanganidan co‘ng kuchga kiradi va unga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish Universitet Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi.





Yüklə 50,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin