Tasdiqlayman” Buxdu kengashining raisi O. X. Xamidov



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə1/13
tarix20.10.2022
ölçüsü50,02 Kb.
#65612
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05


TASDIQLAYMAN”
BuxDU kengashining raisi


___________O.X.Xamidov


“7” may 2022 yil











Buxoro davlat universitetining


ODOB-AXLOQ KODEKSI



















Universitet - 2022




1-bob. Umumiy qoidalar

  1. modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Ushbu Kodeks Buxoro davlat universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet) pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi o‘rinlarda – xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
  1. modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari


Odob-axloq kodeksining maqsadlari:
xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish;
Universitet xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlarni Universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
ta’lim muassasasi odob-axloqi tushunchasini takomillashtirish va Universitetda tashqi ko‘rinish va xulq-atvorga bo‘lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul hatti-harakat, jumladan, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ‘ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning ta’sir hamda xurujlaridan himoya qilish;
mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart- sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash;
xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish va yuksaltirish;
xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
Universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish;
Universitet xodim, talaba va doktorantlarida tashqi ko‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
Universitetning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obro‘-e’tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish.



  1. Yüklə 50,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin