Tasdiqlayman” Buxdu kengashining raisi O. X. Xamidov


-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə3/13
tarix20.10.2022
ölçüsü50,02 Kb.
#65612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05

9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi


Universitet xodim, talaba va doktorantlari o‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.
Universitet xodim, talaba va doktorantlari, o‘z navbatida universitetning mulkiga, o‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.


3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish




10-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
Universitet xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bo‘lishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni ko‘radilar.
Xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol ko‘maklashishlari, shuningdek, Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va Buxoro davlat universiteti xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risida Nizom talablarini so‘zsiz bajarishlari, o‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishlari shart.

4-bob. Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar




11-modda. Universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
Universitet xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada Universitetga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, turli din va konfessiya, submadaniyatlarga mansub bo‘lgan libos, shu bilan birga sport kiyimi
va poyabzallarida kelish ham taqiqlanadi. Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlarga ortiqcha pardoz (makiyaj) qilishga va ro‘mol o‘rashga (yaqin insonlari vafot etganligi yoki sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba-qizlar Universitetga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, galstukda va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.

Yüklə 50,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin