20-modda. Akademik ta’qib va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi
Universitet hayotida rahbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni ularning roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, haq to‘lamasdan ularning mehnat kuchidan foydalanish (Universitet va unga biriktirilgan boshqa hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilgan hollar bundan mustasno) maqsadida ularga murojaat etilganida, talabalar tomonidan bunday so‘rovga rad javobining berilishi pedagog xodim tomonidan kelgusida ularga dars mashg‘ulotida past baho qo‘yish yoki boshqa turdagi tazyiq va ta’qib (academic harassment) qilish bilan bog‘liq munosabat ko‘rsatilishiga imkon bermaydi va bunday ta’qib qattiq qoralanadi.
21-modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish
Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun qat’iyan taqiqlanadi. Uyali aloqa vositalaridan foydalanishga zarur va uzrli holatlarda pedagog xodimning ruxsati bilangina ruxsat etilishi mumkin.
Talabalar quyidagi qoyidalarni buzgan taqdirda universitetning ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi:
universitetning nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizim holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo‘ravonlik, shavqatsizlik va pornografik, shuningdek reksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ‘ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo‘lgan, ko‘rgazma fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma suratli tasvirlar, ovozli videoroliklarni namoyish etish, tarqatish va qo‘llash qat’iy ta’qiqlanadi.
22-modda. Dars mashg‘ulotida ishtirok etish
Talabalarning darsga kech qolib kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin uzrli sababga ko‘ra darsga kech qolgan talaba uzr so‘rab, pedagog xodimning ijozati bilan auditoriyaga kirib o‘z joyini egallashi mumkin.
Pedagog xodim dars mashg‘ulotlariga o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan xalaqit berayotgan talabani yuzaga kelgan vaziyat haqida fakultet dekanini (u o‘z o‘rnida bo‘lmaganda dekan o‘rinbosari yoki tyutor-guruh murabbiysini) xabardor qilgan holda darsdan chetlatishi mumkin.