Tasdiqlayman” Buxdu kengashining raisi O. X. Xamidov


-bob. Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlariga oid talablar



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə7/13
tarix20.10.2022
ölçüsü50,02 Kb.
#65612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05

6-bob. Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlariga oid talablar




18-modda. Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari
Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari milliy qadriyat va an’analar, yagona jamoaviy muhit, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga asoslanishi lozim.
Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik, shaxsiyatni kamsitish, o‘zganing intellektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish qat’iyan man etiladi.
Pedagog xodimlar tomonidan talabalarga nisbatan o‘quv va tarbiya jarayonidagi yuqori talabchanlik ularning shaxsini hurmat qilish bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.


19-modda. Pedagog xodim va talabalarning auditoriyadagi va undan tashqaridagi o‘zaro munosabatlari


Pedagog xodim auditoriyaga kirganida, barcha talabalar o‘rinlaridan turib hurmatlarini bildirgan holda kutib olishlari, so‘ngra pedagog xodim salomlashib, o‘tirishga ruxsat bergach, o‘z joylarini egallashlari kerak. Pedagog xodim darsini tugatib, auditoriyadan chiqib ketayotganda ham talabalar o‘rinlaridan turib, kuzatib qo‘yishlari lozim.
Pedagog xodimlar o‘quv jarayoni va boshqa holatlarda ham talabalarning shaxsini hurmat qilishi, ular bilan munosabatda ochiqlik va xayrixohlik tamoyillariga amal qilish, talabalarga ta’lim berish jarayonida o‘z vazifalarini beg‘araz amalga oshirishi, talabaga munosabatda ularni kamsitish, qo‘pol so‘z ishlatish, o‘zini yuqori tutish va tanish- bilishchilik kabi yondashuv shakllarini mutlaqo qo‘llamaslik, ularga nisbatan doimo haqqoniy munosabatda va xolis bo‘lishlari shart.
Pedagog xodimlar talabalarga ularni qiziqtirgan fan yoki o‘quv kursiga oid masalalar yuzasidan dars jarayonidan tashqari vaqtlarda bergan savollariga ham axloq me’yorlariga amal qilgan holda javob qaytarishlari va ularni fanga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshirish choralarini ko‘rishlari zarur.



Yüklə 50,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin