Tasdiqlayman” Buxdu kengashining raisi O. X. Xamidov


-modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə9/13
tarix20.10.2022
ölçüsü50,02 Kb.
#65612
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05

23-modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish


Talaba uchun pedagog xodim bilan dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, u holda muloqot:
maslahat soatlari, mustaqil ish yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda amalga oshirilishi mumkin;
talaba o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan pedagog xodimning lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini bilishi maqsadga muvofiq.
Asoslangan jiddiy sabablar (qo‘pollik, tamagirlik, dars sifatining pastligi, pedagog xodimning aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar va b.) hamda guruh (kurs)ning yakdil fikri mavjud bo‘lgan holatlarda talabalar pedagog xodimni almashtirish haqida iltimos bilan fakultet dekaniga murojaat qilishlari mumkin.


24-modda. Subordinatsiya


Rahbar xodimlarga xodim, talaba va doktorantlar tomonidan biron- bir masala yuzasidan vujudga kelgan holatlar bo‘yicha murojaat qilinishi muayyan tartib (subordinatsiya tamoyili), ya’ni munosabat bildirishdagi rahbariyat bo‘g‘inlariga bosqichma-bosqich chiqish asosida tashkil etiladi. Universitet rektoriga talabalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish holatlari bundan mustasno.

25-modda. Tashabbus va faollik


Xodim, talaba va doktorantlarning universitetda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanish, turli xil manfaatli tadbirlar uyushtirish bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.


7-bob. Xodim, talaba va doktorantlarning odob-axloqqa oid majburiyatlari




26-modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar
Universitetga o‘qishga, ishga kirayotgan shaxslar mazkur Kodeks bilan yozma ravishda (imzo chektirib) tanishtiriladilar.
Xodim, talaba va doktorantlar:
qonun hujjatlari va mazkur Kodeks talablariga rioya etishga;
doimo yuksaklikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglashga;
odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni hurmat qilishga;
o‘z ustilarida doimiy ravishda ishlash va qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini muntazam ravishda o‘rganib borishga;
o‘z vazifalarini vijdonan, professional darajada amalga oshirishga;
Universitet obro‘-e’tibori va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishga;
Universitet to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish maqsadida foydalanmaslikka;
Universitet mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish (ko‘char va ko‘chmas mulk, o‘simlik va hayvonot dunyosiga va b.), shu jumladan, xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan moddiy texnika vositalaridan to‘g‘ri va tejamkorona foydalanishga;
elektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatishga;
biron-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, u haqda zudlik bilan Universitet rahbariyatiga xabar berishga;
belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z vazifalarini og‘ishmay bajarishga, xodim, talaba va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilmaslikka, hech bir shaxs haqida jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va lavozimi haqida hamda boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar noto‘g‘ri fikr yuritmaslikka va uni kamsitmaslikka;
xodim, talaba va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar haqida turli ig‘vo, fitna, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirmaslikka va tarqatmaslikka;
Universitet obro‘si yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka;
xodim, talaba va doktorantning mehnat va o‘quv jarayonidagi sa’y- harakatlariga qasddan ziyon yetkazmaslikka;
davlat organlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek, Universitet rahbariyatining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
shaxsiy foydasi hamda o‘zgalar manfaatini ko‘zlab o‘z mavqeini suiiste’mol qilmaslikka;
haqiqatni gapirishga, rahbarlar va boshqa xodimlarni chalg‘itmaslikka;
mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini o‘rnatmaslikka;
kasbiy faoliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ularning oshkor etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan axborotning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishga;
sog‘lom turmush tarzini yuritish va atrofdagilarning sog‘lig‘ini saqlashga g‘amxo‘rlik qilish, estetik va ekologik madaniyatning oshishiga ko‘maklashishga;
tanqidiy mulohazalarni bildirishga va ob’ektiv qaror qabul qilishga, o‘z xato va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishga;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan ataylab ko‘z-ko‘z qilmaslikka;
Axborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomala bo‘lishga, kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, u yerda uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish yoki ovozsiz rejimga qo‘yishga, baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslikka, oziq-ovqat iste’mol qilmaslik, qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslikka, kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilishga;
sport majmuasiga sport kiyimi va poyabzalida kirishga;
sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirishga;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishga;
Universitet auditoriyalari, binolari va binolarga tutashgan hududda tozalikni saqlashga;
hududni ifloslantirmaslik, chiqindilarni joylarda qo‘yilgan maxsus qutilarga tashlashga;
shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirmaslik, yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik va mensimaslikka (beparvo bo‘lish), shuningdek, transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratmaslikka;
ish (o‘qish)dan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka majbur.

Yüklə 50,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin