Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi: 5 baho (90-100 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa; Fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa; Fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa; Fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa; Berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa; Konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa; Mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa; Fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq
o‘zlashtirgan bo‘lsa; Fanga tegishli mavzulardan biriga ilmiy maqola yoki tezis chop ettirsa. 4 baho (70-89 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa; Fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa; Fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni dasturi doirasida bajarsa; Fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa; Fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa; Fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa; Fanga tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa;