Monitoring va baholash: o`quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Bolalar adabiyoti” fanini o`qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo`yicha talabalar bilimini baholash test tizimi hamda tayanch so`z va iboraplar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o`tkaziladi.
Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi Fanga umumiy 138 soat ajratilgan, shundan auditoriya mashg`ulotlari 60 soat bo`lib, 4-semestr davomida haftasiga 4 soatdan o`tiladi.